Şvetsiya va Norvegiyada Nobel haftaligi boşlandi. Uşbu haftalik davomida nufuzli mukofotning 2020 yilgi sovrindorlari e'lon qilinadi.
Stokholmdagi Nobel qömitasi 5 oktyabrda tibbiyot, 6 oktyabrda fizika, 7 oktyabrda kimyo, 8 oktyabrda adabiyot, 12 oktyabrda esa iqtisodiyot böyiça sovrindorlarni e'lon qiladi.
Tinçlik böyiça Nobel mukofoti esa Norvegiya poytaxti Osloda 9 oktyabrda e'lon qilinadi.
Nobel qömitasi ma'lumotlariga köra, joriy yilda tinçlik böyiça mukofotga 318 nomzod da'vogarlik qilmoqda. Ulardan 211 nafari jismoniy şaxslar, 107 tasi esa taşkilotlar hisoblanadi. Qoidalarga köra, nomzodlar röyxati sir saqlanadi.
Biroq bir qator naşrlar joriy yilda tinçlik böyiça mukofotni olişga Rossiya prezidenti Vladimir Putin, AQŞ prezidenti Donald Tramp, Serbiya va Kosova hukumatlari ilgari surilganini ma'lum qilgan. Ba'zi ma'lumotlarga köra, nomzodlar orasida rossiyalik muxolifatçi Aleksey Navalniy ham bor.
Joriy yilda Nobel sovrindorlariga 10 mln şved kronasi (1,1 mln dollar) miqdorida mukofot berilişi közda tutilgan.
Avvalroq pandemiya sababli Nobel mukofotlarining öz egalariga topşirilişi marosimi bekor qilingani, mukofotni topşiriş onlayn tarzda ötkazilişi ma'lum qilingandi. Dekabrda ötkaziladigan marosim televideniye orqali jonli tarzda ötkaziladi. E'tiborlisi, Nobel mukofoti taqdimoti 1944 yildan beri birinçi marta bekor qilindi.
Norvegiyada tinçlik böyiça Nobel mukofoti taqdimotini ötkazişga qaror qilindi. Biroq an'anaviy tarzda 10 dekabrda ötadigan marosim odatdagidan kiçikroq kölamda ötkaziladi.

















