Jahon | 00:10 / 21.03.2026
8657
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp NATOni “qog‘oz yo‘lbars” deb atadi 

AQSh prezidenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi ehtimoliy harbiy operatsiyaga qo‘shilmagani uchun alyans a’zolarini qo‘rqoqlar dedi.

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Tramp Vashingtonning Yevropadagi ittifoqchilari Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi ehtimoliy harbiy operatsiyaga qo‘shilmagani uchun NATOni “qog‘oz yo‘lbars” deb atadi.

“NATO AQShsiz qog‘oz yo‘lbars hisoblanadi! Qo‘rqoqlar! Biz buni eslab qolamiz!” – deb yozdi Amerika yetakchisi o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.  

“Ular yadroviy Eronni to‘xtatish uchun kurashga qo‘shilishni istashmayapti. Endi, bu kurash harbiy jihatdan ular uchun sezilmas xavf bilan yutib chiqilganida neft narxining yuqoriligidan norozilik bildirishmoqda, lekin Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochishga yordam berishni xohlashmaydi. Aslida gap oddiy harbiy manyovr va neft narxi yuqoriligining yagona sababi haqida bormoqda. Ularga buni amalga oshirish juda oson va deyarli xavf yo‘q”, – deya qo‘shimcha qildi Oq uy rahbari. 

Yevroittifoqning kuni kecha bo‘lib o‘tgan sammitida AQShni Eron bilan nizoda harbiy qo‘llab-quvvatlash borasida qaror qabul qilinmadi. Qatnashchilar faqat Somali sohillari va Qizil dengizdagi YeI missiyalari uchun kemalar sonini oshirish bo‘yicha umumiy chaqiriq bilan cheklandi.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid