Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Barcha yo‘llar Rimga eltadi”: Rim imperiyasining batafsil yo‘llar xaritasi yaratildi
Arxeologlar milodiy 150 yil holatiga ko‘ra butun Rim imperiyasi bo‘ylab yo‘llarning eng batafsil xaritasini tuzdi. Yo‘llarning umumiy uzunligi qariyb 300 000 kilometrni tashkil etgan.
Foto: Itiner-e
Itiner-e loyihasi topografik xaritalash, sun’iy yo‘ldosh tasvirlari va asrlar davomida to‘plangan tarixiy manbalarni birlashtirdi. Loyiha mualliflariga ko‘ra, bu — shu turdagi birinchi ochiq ma’lumotlar to‘plami.
“Bu Rim arxeologiyasidagi eng sirli mavzulardan biri. Hatto maqol bor: ‘Barcha yo‘llar Rimga eltadi’. Unda nega men Rimning barcha yo‘llarini shunchaki yuklab ola olmayman? Ular qayerda?”, — deydi Daniyadagi Orxus universiteti tadqiqotchisi Tom Brugmans.
Brugmans va uning hamkasblari turli tadqiqotlardagi ma’lumotlarni jamlab, avvaldan ma’lum bo‘lgan yo‘nalishlar asosida eng real yo‘llarni qayta tikladi. Natijada ular milodiy 150 yildagi yo‘llar tarmog‘i xaritasini yaratdi. Olimlar har bir yo‘l bo‘lagini manbalar sifatiga qarab ishonch darajasi bilan baholagan.
Tadqiqotchilar hisob-kitobiga ko‘ra, o‘sha davrda yo‘llar tarmog‘ining umumiy uzunligi taxminan 299 171 kilometr bo‘lgan. Bu Yunon va Rim dunyosi bo‘yicha Barrington atlasida keltirilgan bahodan (188 555 kilometr ) ancha ko‘p.
Olimlarda ko‘p yo‘llarning boshlanishi va tugashi haqida ishonchli ma’lumot bor, ammo butun tarmoq uzunligining atigi 2,8 foiz qismigina nisbatan aniq belgilanishi mumkin — tog‘larda xatolik 50 metrgacha, tekisliklarda esa 200 metrgacha bo‘lishi mumkin. Shuningdek, arxeologlarga Rim yo‘llarini qazib o‘rganish uchun moliya topish qiyin. Shu sababli yo‘llarni o‘rganish ishlarining katta qismi amalga oshmagan.
Rim imperiyasining asosiy yo‘llari tarix davomida qayta-qayta qurilgani uchun, ularning ilk yo‘nalishini har doim ham aniqlash mumkin emas. Masalan, tog‘li hududlarda avvaldan yo‘lak yoki yo‘nalish mavjud bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Rimliklar uni noldan qurishdan ko‘ra, ko‘proq moslashtirgan.
Yo‘llar tarmog‘i olimlarga Yevropa tarixidagi ko‘p muhim voqealar qanday kechganini tushunishda yordam berishi mumkin. Ommaviy migratsiyalar va pandemiyalar — bularning barchasiga Rim imperiyasining yo‘l tizimi ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatgan.
Mavzuga oid
20:33 / 20.12.2025
Qurilayotgan obektlar haqida ma’lumot beradigan platforma ishga tushdi
23:35 / 03.11.2025
Rimda o‘rta asrlarda qurilgan Konti minorasi qulab tushdi
10:51 / 24.09.2025
Toshkentda Shota Rustaveli ko‘chasida harakatlanish yo‘lga qo‘yildi
09:15 / 24.09.2025