Jahon | 07:35 / 21.12.2021
6006
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyadagi mehnat muhojirlari ish patentini chipli karta ko‘rinishida oladi

Elektron tashuvchida, xususan, egasining yuzi tasviri va barmoq izlari bo‘lishi kerak.

Foto: TASS

Rossiyadagi mehnat muhojirlari ish patentlarini chipli karta ko‘rinishida oladi, unda bunday karta egasi yuzining elektron tasviri va barmoq izlari bo‘lishi kerak.

«Rossiyaga vizani talab qilmaydigan tartibda kelgan xorijiy fuqaro yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga elektron ma’lumotlar tashuvchisi bo‘lgan karta ko‘rinishida berilgan patent shakli tasdiqlansin. Ushbu buyruq 2021 yil 29 dekabrdan kuchga kiradi», deya TASS mamlakat ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsev tomonidan imzolangan buyruq matnidan iqtibos keltirgan.

Qayd etilishicha, kartaning old tomoni 8,5 sm ga 5,3 sm o‘lchamda bo‘ladi, unda fotosurat, patent seriyasi va raqami, egasining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, shuningdek, Rossiyaga ishlash uchun kelgan chet el fuqarosining fuqaroligi, pasport seriyasi va raqami, kasbi kabi ma’lumotlar joylashtiriladi. Orqa tomonda mehnat muhojiri yashaydigan va ishlaydigan Rossiya hududi, shuningdek, patent egasining biometrik ma’lumotlari va u haqdagi boshqa ma’lumotlarga ega chip bo‘ladi. 

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil 29 dekabrdan boshlab Rossiyada qonun kuchga kiradi, unga ko‘ra, mamlakatga ish izlab yoki 90 kundan ortiq muddatga kelgan barcha xorijliklar barmoq izlarini topshirishi shart.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid