Moskvada sud 2016 yil fevral oyida 4 yoşli qizning boşini tanasidan judo qilgan Özbekiston fuqarosi Gulçehra Boboqulovaning taqdirini hal qildi. Bu haqda «MK» naşri xabar berdi.
«Sud qaroriga köra, aqli noraso deb topilgan ayol Qozon şahridagi ixtisoslaştirilgan ruhiy kasalliklar şifoxonasida qoladi. Ayolni Özbekistonga ekstraditsiya qiliş rejasi yöq, çunki u öz vatanida davolangan holda ozodlikka çiqmasligiga kafolat yöq», deyiladi xabarda.
Qayd qilinişiça, ixtisoslaştirilgan intensiv kuzatuvdagi ruhiy kasalliklar şifoxonasining yagona ayollar bölimida hozir 13 nafar xorijlik ayol saqlanmoqda.
Boboqulova 2016 yil fevral oyida Moskvada «Oktyabrskoye Pole» metro bekati yaqinida qölga olingan edi. Uning qölida yoş bolaning boşi bor edi. Ayol Narodnoye Opolçeniye köçasida yaşovçi oilada enaga bölib işlagan. Taxminlarga köra, Boboqulova uy egalari yöqligidan foydalanib, qizni öldirgan, kvartiraga öt qöygan va köçaga çiqib ketgan. Sud uni jinoiy javobgarlikdan ozod qilib, majburiy psixiatrik davolanişga jönatgan edi.
Ma’lum bölişiça, Boboqulovaga 1999 yilda şizofreniya taşxisi qöyilgan, 2002 yilda esa u özini tajovuzkor tutib, turli ovozlarni eşita boşlagan. Ayol Samarqand viloyati ruhiy kasalliklar şifoxonasida ham davolangan.












