O‘zbekiston | 14:01 / 19.04.2024
47850
1 daqiqa o‘qiladi

Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i firibgarlik va pora berishda gumonlanmoqda

Kun.uz manbasiga ko‘ra, lavozimiga tayinlanganiga bir oy bo‘lgan Merey Omonboyevaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: Savdo-sanoat palatasi

Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i Merey Omonboyevaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda. Manbaga ko‘ra, Omonboyeva firibgarlik jinoyatini sodir qilganlikda gumonmoqda.

Bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsuddinovning Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168- (firibgarlik) va 28,211-moddalari (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda Navoiy viloyati prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

27 yoshli Merey Omonboyeva 2020 yil Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlangan. U 2024 yil 6 mart kuni Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. Tayinlovga qadar Navoiy shahri “Zarafshon” MFYda hokim yordamchisi vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Mavzuga oid