Andijon viloyati hokimi örinbosari Isomiddin Ismanov qölga olingan tezkor tadbir videosi e’lon qilindi. Hokim örinbosari pulni sanab olgaç, “bu qarz deyiladi. Şunaqa narsasi bor. Bilasiz-a?” degan.

Davlat xavfsizlik xizmati Andijon viloyati hokimi örinbosari Isomiddin Ismanov qölga olingan tezkor tadbir tasvirlarini e’lon qildi.

Ma’lum bölişiça, Isomiddin Ismanov 50 ming dollarni öz yaşaş xonadonida sanab olgan. U pulni olgaç, “bu qarz deb atalişini” bildirgan.

Ular örtasidagi suhbat şunday bölgan:

Tadbirkor: “50 ming ötdi-a, aka?”

Hokim örinbosari: “Bu qarz deyiladi, bilasiz-a? Şunaqa narsasi bor”.

Tadbirkor: “Men sizga berdim, aka”.

Hokim örinbosari: “Yöq, şunaqa deyiladi”.

Tadbirkor: “Hujjatini “çotki” qilib, mening nomimga çiqartirib bersangiz böldi”.

Isomiddin Ismanov Bobur şaharçasi hududida davlat zaxirasida bölgan 20 sotix yerni hujjatlaştirib olib beriş evaziga 50 ming dollar talab qilgan. U 4 aprel kuni pulni öz uyida olayotganida DXX tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda qölga olingandi.

Hokim örinbosariga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi «a» bandi va 28,211-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. U protsessual tartibda uşlangan.