Jamiyat | 11:32 / 02.12.2025
4031
1 daqiqa o‘qiladi

2 dekabrdan yangilangan Kichik halqa avtomobil yo‘li foydalanishga topshiriladi

Poytaxtda Kichik halqa avtomobil yo‘lini yangilash loyihasi doirasida 15,7 km ikki tomonlama yo‘l to‘liq ta’mirlanib, drenaj tizimi yangilandi va yo‘l bo‘ylab yangi bordyurlar o‘rnatildi. Yangilangan yo‘l 2 dekabrdan foydalanishga topshirildi.

Foto: Videodan kadr

Ma’lumotlarga ko‘ra, loyihaning eng muhim qismi sifatida 15,7 km masofadagi ikki tomonlama Kichik halqa avtomobil yo‘li to‘liq ta’mirdan chiqarildi.

Asosiy ishlar doirasida:

  • yo‘lga yuqori sifatli va mustahkam PShMA asfalt qatlami yotqizildi — 15,7 km;
  • 18 750 metr masofada drenaj tizimi to‘liq yangilandi;
  • yo‘l bo‘ylab 39 045 metr yangi bordyurlar o‘rnatildi.

Hozirda Uchtepa tumanidagi bir tomonlama yo‘lning 2,5 km (umumiy 5 km) qismida ta’mirlash ishlari davom etmoqda. Yangilangan asosiy uchastka esa 2 dekabrdan foydalanishga topshiriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid