Ma’lumotga köra, Uçtepa tumanida joylaşgan Kiçik halqa avtomobil yölida rejali ta’mirlaş va obodonlaştiriş işlari olib borilmoqda. Şu munosabat bilan yölning Beşqayrağoç köçasidan Foziltepa köçasigaça bölgan qismida transport harakati 21 noyabr kuni soat 20:00 dan boşlab 24 noyabr soat 06:00 gaça vaqtinça çeklanadi.
Uşbu yöl uçastkasidan foydalanuvçi haydovçilar harakatlaniş yönalişlarini oldindan belgilab olişi, zarurat tuğilganda esa aylanma yöllardan foydalanişi tavsiya etilmoqda.
Vaqtinça çeklovlar davrida yölda tirbandliklar kelib çiqmasligi va harakat xavfsizligini ta’minlaş maqsadida yöl harakati qatnaşçilaridan belgilangan qoidalarga rioya qiliş, yöl belgilari va yöl-patrul xizmat xodimlari körsatmalariga amal qiliş söralgan.
Ta’mirlaş işlari yakunidan söng körsatilgan yöl uçastkasidan transport harakati odatiy tartibda tiklanişi ma’lum qilingan.

















