Uçtepa tumani hududidan ötuvçi Kiçik halqa avtomobil yölida navbatdagi ta’mirlaş işlari boşlanmoqda. Şu munosabat bilan yöl harakati xavfsizligini ta’minlaş va ta’mir jarayonini tösiqsiz amalga oşiriş maqsadida vaqtinçalik çeklovlar joriy etilmoqda.

Ma’lum qilinişiça, Foziltepa köçasi kesişmasidan Beşqayrağoç köçasi kesişmasigaça bölgan yöl qismida 27 noyabr kuni soat 22:00 dan 1 dekabr kuni soat 22:00 gaça:

uşbu yöl uçastkasining bir yönalişida bir tomonlama harakat vaqtinça çeklanadi;
ta’mirlaş işlari davomida transport vositalari harakatlanişi çeklangan tomonda töliq töxtatib turiladi.

Yöl harakatida yuzaga kelişi mumkin bölgan noqulayliklarni kamaytiriş maqsadida haydovçilarga:

oldindan muqobil yönalişlarni tanlaş;
yöl belgilari va vaqtinçalik yöl körsatkiçlariga qat’iy amal qiliş tavsiya etildi.

Mutasaddi idoralar ta’mirlaş işlari belgilangan muddatda yakunlanişi va yöl uçastkasida harakat qaytarilişi rejalaştirilganini ma’lum qilmoqda.