Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik sayyohlarda Oltin xalqa shaharlariga qiziqish ortayotganligi aytildi
15 fevralda poytaxtda bo‘lib o‘tgan hukumatlararo komissiyaning 18-yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi bosh vazir o‘rinbosari Rustam Azimov bugungi kunda mamlakatlar turizm sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida keng istiqbolga ega ekanligini alohida qayd etdi.
"Rossiya fuqarolarining O‘zbekistondagi Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent va boshqa shaharlarga qiziqishi yuqori ekanligiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Ushbu yo‘nalishda tarixiy, ekologik, gastronomik, madaniy va boshqa turdagi turizm sohalarini rivojlantirish bo‘yicha ulkan istiqbol mavjud", — dedi bosh vazir o‘rinbosari.
Shuningdek O‘zbekiston aholisida nafaqat Moskva va Sankt-Peterburg, balki Oltin halqa shaharlari, Volga va Shimoliy Kavkaz, Qora dengiz va Baykal ko‘liga sayohat qilishga qiziqish ortib borayotganligi ta'kidlandi.
Ilg‘or reklama va piar-kompaniyalar yordamida o‘zaro turistlar oqimini sezilarli darajada oshirish uchun qulay muhit yaratish lozimligiga e'tibor qaratildi.
Mavzuga oid
21:29 / 15.01.2026
2025 yil jahon turizmi tarixidagi eng yaxshi yil bo‘ldi – daromadlar €10 trln
19:23 / 15.01.2026
Prezidentga Samarqanddagi loyihalar va Buxoro bosh rejasi taqdim etildi
14:54 / 15.01.2026
21 mingdan ziyod ozarboyjonlik turistik maqsadda O‘zbekistonga kelgan
13:46 / 12.01.2026