Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, hisobot davrida O‘zbekistonga kelgan Ozarboyjon fuqarolarining safar maqsadlari bo‘yicha ko‘rsatkichlar quyidagicha taqsimlangan:
- sayyohlik – 13 950 nafar;
- qarindoshlarni yo‘qlash – 5 567 nafar;
- xizmat yuzasidan – 1 887 nafar;
- o‘qish – 29 nafar;
- davolanish – 10 nafar;
- tijorat – 6 nafar.
Ma’lumotlardan ko‘rinishicha, Ozarboyjon fuqarolarining O‘zbekistonga tashriflari orasida eng katta ulush sayyohlik va qarindoshlarni yo‘qlash maqsadlariga to‘g‘ri kelgan.








