Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Jahon yoshlarining tinchlik sari harakati bosh qarorgohi tashkil etiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev «Ko‘ksaroy»da yoshlar bilan muloqotda bu yil Toshkent shahrida Jahon yoshlarining tinchlik sari harakati bosh qarorgohi tashkil etilishini ma’lum qildi. Shuningdek, Samarqand shahri qator xalqaro tadbirlarga mezbonlik qilishi e’lon qilindi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Muloqotda prezident «O‘zbekiston Yoshlar taraqqiyoti global indeksida eng tez sur’atlarda rivojlanayotgan davlat deb e’lon qilingani bizga g‘urur bag‘ishlaydi», deya ta’kidladi.
Qayd etilishicha, bu yil Toshkent shahrida Jahon yoshlarining tinchlik sari harakati bosh qarorgohi tashkil etiladi. Shu bilan birga, Samarqand shahri Yoshlar parlamenti a’zolarining 12-global konferensiyasi, Take Off xalqaro startap sammiti hamda 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga mezbonlik qilishi ma’lum qilindi.
Davlat rahbari ta’lim sifatini oshirishda rahbarlarning yangicha yondashuvi muhimligini ta’kidlab, yangi metodika va innovatsiyalarni joriy etish, bolalarni kasbining ustasi qilish yo‘lida izlanadigan rahbar faoliyatida o‘zgarish bo‘lishini qayd etdi.
Shuningdek, dunyoda yoshlar ongini egallashga qaratilgan yangi tahdidlar paydo bo‘layotgan sharoitda, barcha darajadagi rahbarlar yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yangi ish tizimiga o‘tishi zarurligi uqtirildi.
Mavzuga oid
13:25 / 24.02.2026
«Yangi avlod tadbirkorlari» dasturida 40 ming yoshlar biznesga o‘qitiladi
13:04 / 24.02.2026
Yoshlar tadbirkorligi uchun qo‘shimcha 200 mln dollar ajratiladi
21:39 / 01.11.2021
Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchilar va shifokorlar oyligini bosqichma-bosqich oshirish kerakligini aytdi
16:41 / 20.08.2021