Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
25ta manzil-koloniyalar bosqichma-bosqich qisqartiriladi
O‘zbekistonda jazoni ijro etish tizimida insonparvarlik tamoyilini keng qo‘llash borasidagi ishlar davom ettiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnomada ma'lum qildi.
Foto: TASS
Qayd etilishicha, xalqaro standartlardan kelib chiqib, 25ta manzil-koloniyalar bosqichma-bosqich qisqartiriladi. Birinchi marta ozodlikdan mahrum etilgan shaxsga berilgan jazo yengilrog‘i bilan almashtirilsa, u manzil-koloniyaga o‘tkazilmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri probatsiya nazoratiga olinadi.
“Mazkur yengillik natijasida hozirda jazo o‘tayotgan 6 ming nafar shaxsga o‘z mahallasi nazorati ostida oilasi bag‘rida bo‘lish imkoniyati yaratiladi.
Shu bilan birga, jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish va shartli ozod qilish to‘g‘risida taqdimnoma kiritish vakolati jazoni ijro etish organidan, yangi tashkil etiladigan Insonparvarlik komissiyasiga o‘tkaziladi”, - dedi davlat rahbari.
Oliy Majlis palatalari, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha Ombudsman vakolatlarini kengaytirish, shuningdek, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish yuzasidan ikki oy muddatda o‘z takliflarini ishlab chiqishi zarurligi aytildi.
“Bunda, Ombudsman tomonidan har chorakda jamoatchilik vakillari bilan birgalikda, tergov izolyatori va jazoni o‘tash muassasalariga “monitoring tashriflari” tizimi yo‘lga qo‘yilishi kerak.
Oliy Majlis palatalari har yili Ombudsmanning qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha ma'ruzasini eshitib, bu illatga butunlay barham berish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni belgilashi lozim”, - dedi prezident.
Mavzuga oid
11:06 / 30.10.2025
Peter Pellegrini Samarqandga amaliy tashrif bilan yetib keldi
08:48 / 30.10.2025
Shavkat Mirziyoyev YuNeSKO 43-sessiyasining ochilishida qatnashadi
20:04 / 29.10.2025
Xususiy sektorda band bo‘lgan shaxslarga ham nafaqa to‘lanishi yo‘lga qo‘yiladi
13:52 / 29.10.2025