Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ish qidirayotgan shaxslarni ro‘yxatga olish tartibi soddalashtiriladi
Ish qidirayotgan shaxslarning ish staji, ma’lumoti, ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar va boshqa ma’lumotlar mahalliy mehnat organi tomonidan mas’ul davlat organlari va tashkilotlardan mustaqil ravishda so‘rab olinishi belgilanmoqda. Ish haqidan mahrum bo‘lgan shaxslarga ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilash shartlariga ham aniqlik kiritiladi.
Senat yalpi majlisida “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun ko‘rib chiqildi.

Ma’lum qilinishicha, hujjat bilan sohada ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida ish beruvchining bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning elektron shaklda yuborish shartlari belgilanmoqda. Shuningdek, qonunda xodimlarni ommaviy ravishda ishdan bo‘shatish mezonlari aniq belgilanib, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi bilan o‘zaro muvofiqlashtirilyapti.
Bundan tashqari, ish qidirayotgan shaxslarni ro‘yxatga olish tartibi soddalashtirilmoqda. Unga ko‘ra, ish qidirayotgan shaxslarning ish staji, ma’lumoti (mavjud bo‘lgan taqdirda), ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar va boshqa ma’lumotlar mahalliy mehnat organi tomonidan mas’ul davlat organlari va tashkilotlardan mustaqil ravishda, shu jumladan “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab olinishi belgilanmoqda.


Qonunda ishdan va ish haqidan mahrum bo‘lgan shaxslarga ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilash shartlariga aniqlik kiritilib, ishsizlik nafaqasini to‘lashni tugatish va to‘xtatib turish tartiblari takomillashtirilmoqda.
Shuningdek, haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etiladigan shaxslar bilan bunday ishlarda ishtirok etish uchun mehnat shartnomasi muddatini o‘n bir oygacha bo‘lgan muddatga tuzish asoslari, ishsiz shaxslarga stipendiya to‘lash shartlari belgilanmoqda hamda Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish yo‘nalishlari takomillashtirilyapti. Hujjatda ishsiz shaxslarga kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirish davrida Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan stipendiyalarni to‘lash mezonlari ham aniq belgilab qo‘yilmoqda.


Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Mavzuga oid
15:09 / 07.01.2026
Ishga joylashtirish bo‘yicha hukumatlararo kelishuvlar soni oshiriladi
16:54 / 25.12.2025
6000 funt oylik, qalbaki taklifnoma va g‘oyib bo‘lgan «menejer». Soxta ish e’lonlari ortidagi firibgarlik sxemasi
09:47 / 20.12.2025
Mehnat inspeksiyasi hisoboti Senatda tanqid qilindi: nazorat 32 foizga kamaygan
18:17 / 18.12.2025