O‘zbekiston | 08:30 / 04.07.2025
5768
1 daqiqa o‘qiladi

Ohangaron shahar hokimligining mansabdor xodimi tezkor tadbirda qo‘lga olindi

Hokimlikda bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlovchi shaxs fuqaroga hokimiyat balansiga o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan 3 xonali xonadonni sud tizimidagi tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilgan. U buning uchun 18 500 dollar talab qilib, shundan 9 500 dollar olganda ushlangan.

Ohangaron shahar hokimligining bo‘lim boshlig‘i qo‘lga olindi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu mansabdor shaxs xizmat mavqeyidan foydalangan holda 1958 yilda tug‘ilgan fuqaroning ishonchiga kirib, hozirda hokimiyat balansiga o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan 3 xonali xonadonni sud tizimidagi tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.

U uyning narxini 15 000 dollarga kelishib hamda sud organlaridagi tanishlari uchun 3 500 dollar berishini aytib, jami 18 500 dollar talab qilgan. Kelishilgan pulning 9 500 dollarini oldindan olgan vaqtida DXX Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda hokimiyat vakiliga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Mavzuga oid