Ohangaronda manzil koloniyasidan qoçib, 3-sinfda ta’lim oladigan qizni zörlagani aytilgan pedofilga sud hukmi öqildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, bugun JIB Ohangaron şahar sudida 1994 yilda tuğilgan M.T.ga oid jinoyat işini körib çiqiş böyiça sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e’lon qilingan. Jinoyat işi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat işlarining oşkora körilişi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida körib çiqilgan.

Sud hukmiga köra, M.T. voyaga yetmagan, 2016 yilda tuğilgan qizga nisbatan Jinoyat kodeksining 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zörlik işlatib ğayritabiiy usulda qondiriş) 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.

Jinoyat kodeksining 34-moddasi 3-qismi “a” bandiga asosan M.T. öta xavfli retsidivist deb topilgan. Tayinlangan jazo muddatining dastlabki 2 yilini turmada, jazoning qolgan muddatini maxsus tartibli koloniyalarda ötaşi belgilangan.

Birinçi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toşkent viloyat sudining apellyatsiya/kassatsiya instansiyasiga şikoyat beriş va protest keltirişga haqliligi bildirilgan. 

Ohangaron tumanidagi 50-son manzil koloniyasida jazo muddatini ötayotgan M.T. 16 oktyabr kuni “P.B.” korxonasiga foydali mehnatga jalb qilinganida “noma’lum tomonga ketib qolib”, yoş qizni zörlagani aytilgandi. U şu kunning özida protsessual tartibda uşlangan va qamoq ehtiyot çorasi qöllangan. 

Avvalroq Namanganda 7 yoşli qizçani zörlagan pedofil 18 yilga qamalgani xabar qilingandi.