Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyalik tadbirkorlar xalqaro arbitraj sudiga O‘zbekistonga qarshi da'vo arizasi kiritdi
Bir guruh turkiyalik tadbirkorlar Jahon banki (ICSID) huzuridagi Investitsiya bo‘yicha nizolarni hal qilish xalqaro markaziga O‘zbekistonga qarshi da'vo arizasi bilan murojaat qildi.
Mehmet Zeki Obuz boshchiligidagi bir necha turkiyalik tadbirkorlar va shirkatlar Jahon banki guruhining Investitsion bahslarini hal etish bo‘yicha xalqaro markaziga (ICSID) O‘zbekiston ustidan shikoyat kiritdi. Xalqaro nizoda javobgar sifatida O‘zbekiston hukumati keltirilgan.
2021 yil 4 iyun kuni ro‘yxatga olingan shikoyat arizasining predmeti «oziq-ovqat mahsulotlari» savdosi ekanligi yozilgan, lekin da'vo summasi va ishga doir boshqa ma'lumotlar ochiqlanmagan. Hozirda ish tashkilot tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Mehmet Zeki Obuz O‘zbekistonga 1990-yillarda kelgan, u «Sundus» qo‘shma korxonasi asoschilaridan biri, 1998 yilda esa uning bosh direktori bo‘lgan.
Spot nashriga ko‘ra, Mehmet Zeki Obuz O‘zbekistonda bir qancha vaqt biznes yuritgan, keyinroq kontrabanda va soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash aybi bilan qamoqqa olingan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, bunga qadar xalqaro arbitrajga O‘zbekistonga nisbatan 8 marta da'vo kiritilgan, shu jumladan, Newmont, Metal-Tech, Turkuaz, «MTS», Spentex va boshqalar ishlari mavjud.
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina aholisi 42 milliondan 36 milliongacha kamaydi – OAV
Jahon | 23:21 / 04.12.2025
-
Amerika delegatsiyasi Zelenskiy bilan uchrashuvni bekor qilgan - OAV
Jahon | 23:00 / 04.12.2025
-
Prezident gaz portlashida jabrlanganlar bilan uchrashdi va 4,5 mln tonnalik paxta rejasi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:47 / 04.12.2025
-
Maktablarda qishki ta’til 28 dekabrdan boshlanadi
O‘zbekiston | 22:33 / 04.12.2025