Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Davlat huquqiy siyosatini amalga oşirişda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni imzolandi.
Farmonga köra, xalqaro arbitrajlar va sud işlari masalalari böyiça Özbekiston Respublikasining manfaatlarini himoya qiliş sohasida vakolatli davlat boşqaruvi organi etib Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilanmoqda.
Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga:
- davlat organlari va taşkilotlariga, Özbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalariga belgilangan tartibda xalqaro arbitrajlar va sud işlari masalalari böyiça bajarilişi majburiy bölgan topşiriqlar yuboriş;
- adliya organlari va muassasalari, davlat organlari va taşkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlarini byudjyetdan taşqari mablağlar hisobidan huquqiy yordam körsatiş sohasida, şu jumladan xalqaro arbitrajlar va sud işlari böyiça öqiş va malakalarini oşiriş uçun rivojlangan davlatlarning yetakçi ta'lim muassasalari va boşqa taşkilotlariga yuboriş huquqi berilmoqda.








