Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eyfel minorasi Tramp tufayli yopiladi
Foto: RIA "Novosti"
Parij shahrining eng diqqatga sazovor joyi – Eyfel minorasi – bir yarim kun tashrif buyuruvchilar uchun yopiq bo‘ladi. Bu AQSh prezidenti Donald Trampning Fransiyaga amaliy tashrifi tufayli yuz beradi.
"Men 13 iyul kuni soat 14:30 da yopilaman. 15 iyul kuni soat 9:00 da esa o‘z eshiklarimni qayta ochaman", - deyiladi Eyfel minorasining Twitter’dagi sahifasida e'lon qilingan xabarda.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va uning rafiqasi bugun kechqurun Tramplar oilasi bilan Eyfel minorasining ikkinchi qavatida joylashgan Jules Verne restoranida uchrashadi.
Avvalroq Tramp rafiqasi Melaniya bilan Fransiyaga uchib kelgani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
13:42 / 10.03.2026
Eronga AQSh maxsus kuchlari yuborilishi haqidagi xabarlar inkor etildi
12:07 / 23.02.2026
Trampning qarorgohi yonida otib o‘ldirilgan shaxs 21 yoshli rassom bo‘lgan
14:52 / 19.02.2026
Parijdagi so‘l partiya ofisi portlash tahdididan so‘ng evakuatsiya qilindi
10:57 / 08.01.2026