Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroyda Qirg‘iziston va Tojikiston prezidentlari bilan uchrashdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun Toshkentga tashrif buyurgan Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov va Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Ko‘ksaroy qarorgohidagi suhbatlar chog‘ida oliy darajadagi kelishuvlarning ijrosi ko‘rib chiqildi, savdo-iqtisodiy hamkorlik loyihalarini kengaytirish muhokama qilindi.
Prezidentlar, shuningdek, mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdi, Markaziy Osiyoda barqarorlik va o‘zaro ishonch muhitini mustahkamlash yo‘lida hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanini tasdiqladi.
Shundan keyin O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Ozarbayjon prezidentlari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi.
Uchrashuvlardan suratlar:





Mavzuga oid
19:21 / 30.03.2026
Tadqiqot: Markaziy Osiyo daryolari muzliklarga bog‘liq holda o‘zgarish bosqichida
18:20 / 30.03.2026
Qirg‘iziston ilk bor o‘z milliy valutasini mustaqil chop etishni boshladi
20:14 / 27.03.2026
O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari Buxoroda to‘qimachilik korxonasiga tashrif buyurdi
15:27 / 27.03.2026