Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy Osiyo muzliklar eriyotgani tufayli suv tanqisligi tahdidi ostida ekani aytildi
Muzliklarning jadal erishi Markaziy Osiyo mamlakatlarida jiddiy suv tanqisligiga olib kelishi mumkin. Bu haqda Jahon meteorologiya tashkilotining (WMO) «2025 yilda global iqlim holati» yillik hisobotida aytiladi.
Foto: AdobeStock
WMO ma’lumotlariga ko‘ra, 2024/2025 gidrologik yili butun kuzatuvlar tarixidagi muzliklar uchun eng vayronkor yillardan biri bo‘ldi. Ularning hajm yo‘qotishi 1950 yildan beri eng yomon beshtalikka kirdi, rekord darajadagi salbiy ko‘rsatkichlarning aksariyati 2016 yildan keyin qayd etilgan.
Ayniqsa, bu jarayonlar Markaziy Osiyo uchun katta xavf tug‘dirmoqda. Pomir, Tyan-Shan va Hindikush muzliklari mintaqaning eng yirik daryolari - Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon va Panjni to‘yintiradi, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmanistonning suv ta’minoti, qishloq xo‘jaligi va ekotizimlari shu daryolarga bog‘liq.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, qisqa muddatda erishning tezlashishi suv oqimini oshiradi, ammo keyinchalik bu, ayniqsa qurg‘oqchil davrlarda, daryolar sathining barqaror pasayishiga olib keladi. Bu bosqichni gidrologlar «suv cho‘qqisi» deb ataydi, shundan so‘ng uzoq muddatli tanqislik boshlanadi.
Ta’kidlanishcha, daryolarning yuqori qismida yirik gidroenergetika inshootlari qurilishi vaziyatni yanada murakkablashtirmoqda. Xususan, Tojikistonda Rog‘un GES qurilishi davom etmoqda, Qirg‘izistonda esa Qambarota GES-1 qurilishi rejalashtirilgan. Ushbu loyihalar tabiiy oqim rejimini o‘zgartirishi va daryo ekotizimlariga qo‘shimcha bosim o‘tkazishi mumkin.
Mutaxassislar iqlim o‘zgarishi va daryolarni tartibga solishning uyg‘unlashuvi deltalar va qayir hududlari, jumladan, Orolbo‘yi mintaqasi holatining yomonlashishiga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.
WMO muzliklarning jadal qisqarishi suv resurslarini boshqarish yondashuvlarini qayta ko‘rib chiqishni talab qilishini ta’kidlaydi, chunki suv mintaqada barqaror rivojlanish va davlatlararo munosabatlarning asosiy omili bo‘lib qolmoqda.
Mavzuga oid
17:30 / 25.03.2026
Qo‘shtepa, Orol, Rog‘un va suv tanqisligi – vazir bilan suhbat
09:04 / 23.03.2026
Olmaliqdagi 3-mis boyitish fabrikasi dunyodagi yirik korxonalar qatoridan joy oldi
10:13 / 21.03.2026
Prezident: Navro‘zning tinchlik va hamkorlik g‘oyalari bugun yanada dolzarb
11:55 / 19.03.2026