Qadimiy Buxoro azaldan özining benazir tarixiy, me’moriy va madaniy merosi bilan maşhur bölib, asrlar davomida fan, islom ilmi va ma’naviyat markazlaridan biri sifatida tanilgan. Yoşi 2,5 ming yildan oşgan şaharning tarixiy markazi 1993 yilda YuNeSKOning Butunjahon merosi röyxatiga kiritilgan.

Oliy martabali mehmonlar dastlab Bahouddin Naqşband maqbarasini ziyorat qildi. Mazkur majmua islom olamining uluğ qadamjolaridan biri hisoblanib, Naqşbandiya tariqatining asosçisi Bahouddin Naqşband dafn etilgan joyda barpo etilgan. Bugungi kunda uşbu ziyoratgoh tarkibiga maqbara, xonaqoh, masjidlar, daxma va söfiylik tarixi muzeyi kiradi.

Ziyorat davomida Bahouddin Naqşband ta’limotining asosiy ğoyalaridan biri — “Dil ba yor-u, dast ba kor” şiori insonni mehnatsevarlik, poklik va ma’naviy kamolotga çorlaşi alohida ta’kidlandi.

Şundan söng davlat rahbarlari Somoniylar maqbarasini ziyorat qildi. Uşbu noyob me’moriy yodgorlik Markaziy Osiyoda pişiq ğiştdan qurilgan eng qadimiy inşootlardan biri bölib, IX asr oxiri — X asr boşlarida Somoniylar davlati asosçisi Ismoil Somoniy tomonidan barpo etilgan.

Maqbara me’morçiligida islom va islomdan avvalgi davr an’analari uyğunlaşgan bölib, xususan, suğd madaniyatiga xos bezaklar ham öz aksini topgan. Quyoş nurlarining tuşişiga qarab binodagi naqşlar turliça jilolanişi, uning kub va gumbaz şaklidagi kompozitsiyasi esa Yer va Osmon uyğunligini ramziy ifoda etadi.

Qalinligi qariyb ikki metrga yetadigan devorlar va yuqori sifatli ğişt terimi tufayli uşbu tarixiy obida bugungi kungaça yaxşi saqlanib qolgan.

Ziyoratlar çoğida Qur’on tilovat qilinib, ötganlar ruhiga bağişlab duo qilindi, yurtga tinçlik va farovonlik tilab ezgu tilaklar bildirildi.