Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik o‘qituvchilar AQShda o‘tgan musobaqada ikkinchi o‘rinni egallashdi
AQShda o‘qituvchilar uchun xalqaro malaka oshirish (TEA) dasturi o‘tkazilmoqda. Unda o‘zbekistonlik o‘qituvchilar - Hakimxo‘jayev Nodir, Erqulova Feruza va Hamrayeva Nargiza ham ishtirok etmoqda. Dastur doirasiga dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan malakali o‘qituvchilar bilan tajriba almashish, AQSh universitetlarining bir nechtasida olti haftalik malaka oshirish va Qo‘shma Shtatlardagi o‘rta maktablarda amaliyot o‘tkazish kiradi.
Dastur doirasida 25 yanvar kuni Poster fair (plakatlar yarmarkasi) musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqa shartiga muvofiq ishtirokchilar bir yarim soat davomida o‘z mamlakatlari va uning ta'lim tizimini yoritib beruvchi plakat va ko‘rgazmalar tayyorlashi kerak edi. G‘oliblarni aniqlash uchun ovoz berish jarayoni maxfiy ravishda o‘tkazildi.
Ovoz berish natijasiga ko‘ra, o‘zbekistonlik o‘qituvchilar jamoasi 39 mamlakat ichida faxrli 2-o‘rinni, MDH davlatlari orasida esa 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Musobaqada 1-o‘rin Ganaga, 3-o‘rin esa Qozog‘iston vakillariga nasib etdi.
Musobaqa rasmiy maqomda bo‘lmasa-da, biroq unda qatnashganlar O‘zbekistonning madaniyati, ta'lim tizimi va rivojlanish yo‘li haqida yetarlicha tasavvurga ega bo‘lishdi.

Mavzuga oid
18:06 / 10.01.2026
Venesuela va AQSh diplomatik munosabatlarni tiklamoqchi
16:59 / 10.01.2026
Ishinger: Rossiya yevropaliklar bilan emas, AQSh bilan muzokaraga qiziqyapti
14:26 / 10.01.2026
AQSh Rossiyaning “yashirin floti”ga tegishli beshinchi tankerni qo‘lga oldi
09:04 / 10.01.2026