O‘zbekiston | 13:50
2511
14 daqiqa o‘qiladi

Sizning JCh-2026 uchun chiptangiz: O‘zbekiston fuqarolari AQSh turist vizasini qanday olishlari mumkin?

Sun’iy intellekt chizgan surat

JCh-2026 AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi hamda o‘zbekistonlik muxlislar uchun bu haqiqiy orzudek eshitiladi: katta futbol, yangi shaharlar va jahon darajasidagi stadionlar. Ammo stadionga olib boradigan yo‘lda oldindan rasmiylashtirish kerak bo‘lgan hujjat - AQSh vizasi turadi. Aslida, barchasini mustaqil rasmiylashtirish mumkin. Quyida AQShga safar — 2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘yinlariga borish uchun ham, oddiy turist sifatida ham qanday viza kerakligi — vizaning narxi, suhbat qayerda o‘tkazilishi, vizaga arizani qanday topshirish va qaysi sabablarga ko‘ra ko‘p rad javobi berilishi mumkinligi haqida so‘z yuritamiz.

JCh-2026ga borish uchun qanday viza kerak

Agar AQShga muxlis sifatida borayotgan bo‘lsangiz — B-2 turidagi turistik noimmigratsion viza kerak bo‘ladi. U quyidagilarga mos:

  • bahslar va boshqa sport tadbirlariga kirish
  • mamlakat bo‘ylab sayohat
  • turizm

Bu maqsad uchun boshqa turdagi viza talab qilinmaydi.

AQShga viza qancha turadi

Turistik viza narxi — 185 AQSh dollari.

Bu DS-160 anketacini ko‘rib chiqish va elchixonadagi suhbatni o‘z ichiga olgan konsullik yig‘imidir. U viza olish uchun ariza topshirishda majburiy bo‘lgan yagona to‘lov hisoblanadi.

O‘zbekiston fuqarolari vizaga arizani qayerda topshiradi

O‘zbekiston fuqarolari viza olish uchun Toshkentdagi AQSh elchixonasida suhbatdan o‘tadilar.

2025 yildan boshlab hujjat topshirish va viza bo‘yicha suhbatdan o‘tish faqat AQSh elchixonasi mavjud bo‘lgan fuqarolik mamlakatida amalga oshiriladi. Bu holatda butun jarayon — qabulga yozilishdan tortib suhbatgacha — tegishli elchixonada, O‘zbekiston fuqarolari uchun esa AQShning Toshkentdagi elchixonasida o‘tadi.

Vizaga ariza topshirish jarayoni

Ariza topshirish jarayoni bir nechta bosqichdan iborat: onlayn anketa to‘ldirish, konsullik yig‘imini to‘lash, suhbatga yozilish va elchixonada shaxsiy intervyudan o‘tish. Quyida har bir qadam bo‘yicha batafsil yo‘riqnoma keltirilgan.

1-qadam - DS-160 anketasini to‘ldirish

Bu noimmigratsion viza (shuningdek, B-2 turistik viza) olish uchun rasmiy elektron ariza bo‘lib, uni barcha da’vogarlar to‘ldirishlari shart.

1. Havola orqali o‘ting. Bu vizaga ariza berish uchun AQSh Davlat departamentining rasmiy sayti. Bu yerda AQShga noimmigratsion viza olish uchun DS-160 shakli ochiladi.

2. Yo‘riqnoma uchun tilni tanlang, lekin javoblarni inglizcha bering.

3. Suhbat mamlakatini tanlang - O‘zbekiston.

4. Fotoni yuklang, fotografiya to‘g‘ri kelmasa, tizim xato haqida xabar qiladi va fotoni to‘g‘rilashni taklif qiladi.

AQShga noimmigratsion viza olish uchun DS-160 anketasini to‘ldirish sahifasi

5. O‘zingiz haqingizdagi ma’lumotlarni kiriting: pasport, aloqa, ta’lim, ish, safar, maqsad(masalan: Tourism / FIFA World Cup 2026).

6. Oxirgi 5 yildagi ijtimoiy tarmoqlaringizni ko‘rsating (login/nikneymy).

DS-160 anketasini to‘ldirish

7. Javoblarni tekshiring va shaklni jo‘nating.

Nimani saqlash muhim

DS-160 (Confirmation Page) tasdiqlash sahifasi — unda shtrix kod va anketangiz raqami bo‘ladi. Uni keyinchalik suhbatga yozilganda ko‘rsatasiz.

DS-160 anketasini tasdiqlash

2-qadam – Konsullik yig‘imini to‘lash

DS-160 to‘ldirilganidan keyin viza yig‘imini to‘lash kerak — 185 USD bu majburiy to‘lov

Viza uchun konsullik yig‘imi qayerda va qanday to‘lanadi

Yig‘imni faqat rasmiy qayd etish tizimida to‘lash mumkin — bu suhbat uchun yangi tizim bo‘lib, bu yerda:

1. Shaxsiy kabinet yaratasiz

Buning uchun «Akkaunt yaratish» tugmasini bosasiz va ochilgan oynada mos opsiyani tanlaysiz. «Men DS-160 shaklini to‘ldirdim va vizaga ariza bermoqchiman» yozuvini tanlaysiz. So‘ngra zarur shaxsiy ma’lumotlarni kiritish orqali barcha maydonlarni to‘ldirasiz.

AQShga noimmigratsion viza olish bo‘yicha suhbatga yozilish uchun rasmiy servisning bosh sahifasi
Shaxsiy kabinet yaratishdan oldin ariza beruvchi toifasini tanlash imkoni bo‘lgan qayd etish tizimidagi ro‘yxatdan o‘tish sahifasi.
AQSh vizasiga qayd etish saytida shaxsiy kabinetni ro‘yxatdan o‘tkazish shakli

2. Akkauntni faollashtiring

Shaklni to‘ldirganingizdan so‘ng ko‘rsatgan elektron pochta manzilingizga faollashtirish havolasi yuboriladi. Havola orqali o‘ting — shundan so‘ng shaxsiy kabinetingiz muvaffaqiyatli yaratiladi.

 Akkauntni tasdiqlash uchun elektron pochtaga kelgan xabarnoma.
Shaxsiy kabinet muvaffaqiyatli faollashtirilgani va suhbatga yozilishga o‘tish imkoniyati haqidagi xabarnoma.

3. Shaxsiy ma’lumotlarni to‘ldiring

Shaxsiy kabinetga kiring va DS-160 anketa raqamini ham kiritgan holda shaxsiy ma’lumotlaringizni to‘ldiring. So‘ng o‘zingizga kerak bo‘lgan viza turini tasdiqlashingiz lozim. Bu bosqichda qo‘shimcha ariza beruvchi (applicant) — oila a’zosi yoki guruh ishtirokchisini ham qo‘shish imkoni paydo bo‘ladi. Oila yoki guruh uchun vizaga ariza topshirish va suhbatga yozilish maqsadida yagona umumiy profil yaratish mumkin.

Shaxsiy kabinetda yangi arizachini qo‘shish sahifasi.
Suhbatga yozilishni davom ettirishdan oldin ariza beruvchining ma’lumotlari va tanlangan viza turini tasdiqlash sahifasi.
Suhbatga yozilishni davom ettirishdan oldin ariza beruvchining shartlarni tanlashi.

4. Pasportni olish mumkin bo‘lgan lokatsiyani tanlang

Viza ma’qullangan taqdirda pasportni olish punkti va uni oladigan ariza beruvchining ismini ko‘rsating. Agar pasportni shaxsan olishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, bu maydonni bo‘sh qoldirishingiz mumkin.

Viza suhbatidan so‘ng pasport olish punktini tanlash.

5. Viza yig‘imini to‘lang

Barcha ma’lumotlarni to‘ldirgandan so‘ng to‘lov tizimiga o‘ting va viza yig‘imini to‘lang.

Viza yig‘imi miqdori va to‘lov usulini ko‘rsatgan holda konsullik yig‘imini (MRV) to‘lash sahifasi.

Qanday to‘lanadi

  • Saytda Master/Visa card orqali AQSh dollarida to‘lash;
  • Tenge Bank filialida naqd to‘lash. To‘lov 2 ish kunini olishi mumkin.

To‘lov muvaffaqiyatli amalga oshirilganidan so‘ng to‘lov holati shu zahoti yangilanadi va kvitansiya (receipt) shaxsiy profilingizda saqlanadi. Uni qog‘ozga chiqarib olib, suhbatga olib borishingiz kerak.

Maslahat: to‘lov bo‘lmasa tizim sizga suhbat sanasini tanlash imkonini bermaydi.

3-qadam – Suhbatga yozilish

1.To‘lovdan so‘ng «Schedule Appointment» bo‘limiga o‘ting

2. Shaharni tanlang (Tashkent).

Suhbatga yozilish bosqichida Toshkentdagi konsullikni tanlash

3. O‘zingizga qulay sanani tanlang.

Toshkentdagi AQSh elchixonasidagi suhbat sanasini tanlash

4. Shundan so‘ng suhbat tasdiqlangani to‘g‘risida xabarnoma olasiz. Agar bo‘sh sanalar yo‘q bo‘lsa, xavotirlanmang. Sanalar keyinroq paydo bo‘ladi. Schedule Appointment bo‘limini muntazam ravishda tekshirib turing — viza yig‘imini qaytadan to‘lash shart emas, u bir marta to‘lanadi va tizimda saqlanib qoladi.

Muvaffaqiyatli yozuv haqida xabarnoma

Muhim: Suhbatga olib borishingiz kerak bo‘lgan yozuv haqidagi tasdiqnomani albatta saqlab qo‘ying va qog‘ozga chiqarib oling. Unda ism-familiyangiz, pasport raqamingiz, DS-160 anketasi raqami va yetkazib berish to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘ladi.

Toshkentdagi AQSh elchixonasida suhbatdan o‘tish uchun yozuvning tasdiqlanishi

4-qadam – Suhbatga tayyorgarlik

Yoningizda nimalar bo‘lishi kerak

  • Xorijga chiqish pasporti;
  • Confirmation Page DS-160;
  • Suhbatga yozilganlik to‘g‘risidagi tasdiqnoma;
  • Yig‘im to‘langani haqidagi kvitansiya;
  • Fotografiya (agar tizim raqamli fotoni qabul qilmasa);

Qo‘shimcha

  • Daromadi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma
  • Ish/o‘qish joyidan ma’lumotnoma
  • Mulk yoki boshqa aktivlari mavjudligi to‘g‘risidagi hujjat
  • Nikoh guvohnomasi
  • Farzandlarning tug‘ilganlik guvohnomasi
  • Yashash joyiga egalik yoki ijara hujjatlari
  • Chiptalar, mehmonxona broni
  • Safar rejasi

Maslahat: Hujjatlar zarurat tug‘ilganda yoki konsul so‘raganda ko‘rsatiladi, ammo qaror sizning suhbatdagi javoblaringiz va anketa ma’lumotlaringiz asosida qabul qilinadi.

Suhbatga qanday tayyorgarlik ko‘rish kerak

Suhbat shakli

Suhbat 3–5 daqiqa davom etadi. Ushbu qisqa suhbat davomida ofitser safar maqsadi, tashrif muddati va O‘zbekistondagi bandligingiz haqidagi ma’lumotlarni aniqlashtiradi.

Suhbatdagi savollar

Odatda, savollar oddiy hamda safar, safar muddati rejasi, ish va o‘qish joyingiz haqida bo‘ladi.

Suhbatda tez-tez beriladigan savollar:

1. Safardan maqsadingiz?

2. Mamlakatda qancha vaqt bo‘lmoqchisiz?

3. Qayerda ishlaysiz yoki o‘qiysiz?

4. Safaringizni kim to‘layapti?

5. Ilgari AQSh yoki boshqa mamlakatda bo‘lganmisiz?

O‘zingizni qanday tutishingiz kerak

Savollarga xotirjam javob qaytaring. 

Nima muhim

Muhimi, chiroyli gapirish emas, so‘zlaringizdagi mantiq va ishonch.

Viza bo‘yicha qarorni kutish

Odatda, suhbatdan so‘ng qaror tezda chiqadi — ko‘pincha shu kuniyoq. Natijani konsullik ofitseri so‘zlaridan yoki pasport elchixonada qolishidan bilish mumkin.

Viza ma’qullanishi

Pasport viza yopishtirish uchun olib qolinadi va bir necha ish kunidan so‘ng yetkazib berish xizmati orqali qaytariladi. Safardan oldin vizadagi barcha ma’lumotlar to‘g‘riligini tekshirish zarur.

Ma’muriy tekshiruv

Bu rad etish emas, balki hujjatlar va ma’lumotlarni qo‘shimcha tekshirish. U bir necha kundan bir necha haftagacha davom etishi mumkin.

Viza berishni rad etish

Pasport suhbatdan keyinoq rad etish sababi ma’lum qilingan holda qaytariladi. Bu bir umrlik rad etish emas va vaziyat o‘zgarganida qaytadan ariza berish mumkin.

AQSh vizasini olish osonmi?

Arizani ko‘rib chiqishda konsul birinchi navbatda ariza beruvchining safardan so‘ng vatanga qaytishi uchun yetarli asoslari bor-yo‘qligini baholaydi. Ko‘pincha rad javobi berilishining asosiy sababi aynan asoslarning ishonchli bo‘lmasligidir.

Quyida eng ko‘p uchraydigan rad etish sabablarini ko‘rib chiqamiz:

Suhbat vaqtida javoblarning izchil va ishonchli bo‘lmasligi

Safar maqsadini turlicha izohlash, ishonchsizlik, DS-160 anketa ma’lumotlari bilan og‘zaki javoblar orasida tafovut bo‘lishi.

Misol: DS-160 anketasida Tourism / FIFA World Cup 2026 deb ko‘rsatilgan.

Ariza beruvchi suhbat vaqtida «shunchaki Amerikani ko‘rish uchun» boryapman deydi, ammo o‘yinlar haqida ishonchsiz gapiradi: qaysi shaharlarda o‘tkazilishini, safar qachonga rejalashtirilganligini bilmaydi. Bu aytilgan maqsad bilan haqiqiy rejalarning uyg‘un emasligi deb ko‘riladi.

Safardan maqsadning noaniqligi 

Ariza beruvchi nega, qancha muddatga ketayotgani va AQShda nima qilmoqchiligini aniq tushuntirib berolmaydi.

Konsul so‘raydi: «AQShga nega ketyapsiz?» — arizachi javob qaytaradi: «Shunchaki ko‘rgani».

«Necha kunga?» — «Hozircha bilmayman».

«Aynan nima qilmoqchisiz?» — «O‘sha yerda o‘ylab ko‘raman».

Bunday javoblar safarning aniq rejasi yo‘qligini ko‘rsatadi va ko‘pincha rad etishga olib keladi.

Immigratsion xatarlar

Yoshning kichikligi, xorijga safarlarning yo‘qligi, AQShda qarindoshlar borligi yoki ilgari viza rejimini buzganlik konsulning shubhalarini kuchaytirishi mumkin.

Vatan bilan aloqalarning zaifligi

Doimiy ish, o‘qish joyi yo‘qligi, safardan qaytishingizni tasdiqlaydigan oila yoki boshqa omillarning mavjud emasligi.

AQSh vizasini rasmiylashtirish — unchalik ham oson bo‘lmagan, lekin tushunarli jarayon. Agar anketa shoshilmasdan, to‘liq va diqqat bilan to‘ldirilsa hamda suhbatda savollarga aniq javob berilsa, barcha bosqichlardan mustaqil o‘tish mumkin, Konsul nima uchun safar qilayotganingiz va safardan so‘ng uyingizga qaytishni rejalashtirganingizni anglashi lozim.

Agar vizaga rad javobi berilsa — bu yoqimsiz holat, lekin hammasi tugadi degani emas. Bu kelgusidagi safarlarga chek qo‘ymaydi: vaziyat o‘zgarsa va yaxshi tayyorgarlik ko‘rilsa, yana ariza topshirib, vizani olish mumkin bo‘ladi.

Mavzuga oid