AQŞ prezidenti Donald Tramp Germaniya va yana yettita Yevropa mamlakatiga nisbatan, ularning Grenlandiya böyiça pozitsiyasi sabab, 10 foizlik savdo bojlarini joriy etiş haqida navbatdagi bayonotlarni berganidan keyin jahon bozorida oltin va kumuş narxlari yangi maksimumlarga çiqdi. Duşanba, 19 yanvar kuni ertalab birja haftasi Osiyo fond bozorlarida boşlangaç, “asosiy himoya aktivi” hisoblanadigan oltin narxi 4690,59 dollargaça, kumuş narxi esa 94,12 dollargaça kötarildi.
Ayni paytda, ehtimoliy savdo uruşi boşlanişi mumkinligi haqidagi yangi xavotirlar fonida fond bozorlarining katta qismi pasaydi. Yaponiyaning Nikkei indeksi 1,4 foizga tuşdi, Yaponiyadan taşqari Osiyo—Tinç okeani mintaqasi aksiyalarini qamrab oluvçi eng keng MSCI indeksi esa 0,3 foizga kamaydi. Dollar kursi iyena va şveysar frankiga nisbatan pasaydi, yevro hamda funt sterling esa kötarildi, neft narxlari esa özgarişsiz qoldi.
Donald Tramp 17 yanvar kuni 1 fevraldan boşlab Germaniya, Daniya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Norvegiya, Finlandiya, Fransiya va Şvetsiya uçun AQŞga yetkazib beriladigan tovarlarga 10 foizlik tarif qöllanişini e’lon qildi. AQŞ prezidenti sözlariga köra, 1 iyundan bojlar 25 foizgaça oşiriladi. Reuters agentligi aniqlaşiça, uşbu tariflar amaldagi bojlarga qöşimça ravişda joriy etiladi. Trampning aytişiça, yiğimlar “Grenlandiyani töliq va yakuniy sotib oliş böyiça kelişuvga erişilmagunça” undiriladi. U qöşimça qilib, AQŞ “bu operatsiyani 150 yildan ortiq vaqtdan beri amalga oşirişga uringani”, biroq Daniya rad etib kelganini aytgan.
AQŞ prezidenti orol ustidan nazorat örnatiş istagini bir neça bor bildirgan, bu ğoyani u ilk bor 2019 yilda — birinçi prezidentlik muddatida aytgan edi. 14 yanvar kuni Vaşingtonda ötkazilgan muzokaralarda Daniya taşqi işlar vaziri Lars Lyokke Rasmussen va Grenlandiya taşqi işlar vaziri Vivian Motsfeldt arktik orol maqomi böyiça kelişuvga erişa olmadi. Muzokaralardan keyin Rasmussen Grenlandiya masalasida tomonlar “tamoman farq qiluvçi pozitsiya”ga ega ekanini aytdi. Motsfeldt esa Oq uy bilan hamkorlikni kuçaytirişni istaşini, biroq Grenlandiyaning AQŞ tarkibiga kirişini xohlamasligini bildirgan.
15 yanvar kuni Tramp bojlar joriy etişini e’lon qilgan mamlakatlar mintaqada xavfsizlikni mustahkamlaş va 2026 yil oxirida ötkazilişi rejalaştirilayotgan yirik harbiy maşğulotlarga Daniyani tayyorlaşda yordam beriş maqsadida, razvedka missiyasining bir qismi sifatida Grenlandiyaga öz harbiylarini yuborişini ma’lum qildi. Bundesverning 15 nafar askaridan iborat guruhi 18 yanvar kuni — Tramp Germaniyaga Daniyani hududiy bahsda qöllab-quvvatlagani uçun boj joriy etiş bilan tahdid qilganidan keyingi kuni Grenlandiyani tark etgan.







