Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Zokir Almatov va Yodgor Sa'diyev kichik haj safarida
Sobiq Ichki ishlar vaziri, o‘tgan yil dekabrida Korrupsiyaga qarshi komissiya raisi etib tayinlangan general-polkovnik Zokir Almatov va O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa'diyev kichik haj – umra safarida bo‘lishdi. Ularning suratini «Imkon shou» boshlovchisi Axror Qo‘shmatov Instagram’dagi sahifasiga joylashtirgan.
Zokirjon Almatov 1949 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ichki ishlar organlarida 1971 yildan xizmat qilib kelgan. 1991 yil 16 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri etib tayinlangan. 2005 yil 5 dekabrda iste'foga chiqarilgan.
2016 yil 20 dekabrdan O‘zbekiston korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha davlat komissiyasi raisi sifatida faoliyat yuritmoqda.
Yodgor Sa'diyev 1946 yilda Toshkentda tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq artisti. «Shaytanat» serialidagi Asadbek roli bilan elga tanilgan. Hozirda O‘zbekiston Milliy akademik drama teatrida faoliyat yuritmoqda.
Mavzuga oid
17:08 / 25.10.2025
Ichki ishlar vazirligini kimlar boshqargan?
11:04 / 08.10.2025
«Bu o‘taketgan vahshiylik» – Zokirjon Almatov Farg‘onada IIB xodimlari ayolni tahqirlagani haqida
10:59 / 04.07.2024
Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish litsenziyalanadigan faoliyatning alohida turi sifatida belgilandi
14:57 / 08.01.2024