7 oktyabr kuni IIV huzuridagi Jamoatçilik kengaşi a’zolari va OAV vakillari iştirokida matbuot anjumani ötkazildi. Unda Içki işlar vaziri maslahatçisi Zokirjon Almatov Furqat tumani IIB xodimlari tomonidan ayolning tahqirlaniş holatiga munosabat bildirdi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.
Zokirjon Almatov içki işlar xodimlari jahlini jilovlay olişi kerakligini ta’kidlagan.
“Bu ötaketgan vahşiylik. U rahbar [Furqat tumani IIB sobiq boşliği — tahr.] qaysidir yöllar bilan amalga ötirib qolgan, deb öylayman. Qanday şaroitda bölsa ham, içki işlar idorasi xodimi özini uşlaşni bilişi kerak. Biz bunday özidan ketib qolgan rahbarlarni aslo keçirmaymiz”, degan Almatov.
Şuningdek, maslahatçi içki işlar xodimlarining vazifasi faqat qamaş emasligini aytib ötgan.
“Har bir yiğilişda vazir, vazirlik rahbariyati, viloyat içki işlar boşqarmasi boşliqlari xodimlardan şu narsani talab qiladi: jahlingga erk berma, jahlingni jilovla, odamlarni yaxşilab eşit, deymiz. Bizga jahl qilib, özini osib qöyganlar ham bölgan. Şuning uçun yigitlar, qizlarimiz, eşitinglar, insonlarga nisbatan mehr-muhabbat degan tuyğularning hammasi bizda bölişi şart. Siz bilan biz faqat qamaş uçun yaratilmaganmiz. Tarbiyalaş, insonlarga ğamxörlik qiliş, ularga yordam beriş uçun içki işlar xodimlari bor. Şu narsa heç qaçon esimizdan çiqmasin. Lekin odam bölmaydiganlarning qonun böyiça jazosini berişimiz şart. Şu bois bizning faoliyatimizda har xil odamlar bölgan, hozir ham uçrab turadi”, degan u.
Zokirjon Almatovning qöşimça qilişiça, Farğonadagi holat böyiça maxsus tekşiruv olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, Kun.uz oldinroq Furqat tumanida maktab direktori bölgan Gulira’no Qosimova bilan sodir bölgan holat haqida suriştiruv e’lon qilgandi. Unda Furqat tumani IIB xodimlari ayolni kaltaklab, kiyimlarini yirtib, yalanğoç holda tasvirga olgani haqida gap boradi. Holat Senat qömitasi tomonidan nazoratga olingan. Ombudsman Furqat tumani IIBning 4 nafar mas’ul xodimi jinoiy javobgarlikdan ozod etilganini ma’lum qilib, holatga aloqador bölgan har bir şaxsning qilmişi töliq va xolisona örganilişi ta’minlanişini












