Özbekiston musulmonlari idorasi umra ziyorati uçun narxlar arzonlaşganini e’lon qildi.

Ma’lum qilinişiça, 2024 yil 10 yanvardan Özbekiston musulmonlari idorasining «Haj va Umra» markazida umra xizmatlari narxi bir kişi uçun 16 million 600 ming söm etib belgilandi.

Özbekiston delegatsiyasi Saudiya Arabistonida haj va umra xizmatlari sifatini yanada yaxşilaş, narxlarini arzonlaştiriş, ziyoratçilar uçun bir qator qulayliklar yaratiş maqsadida podşohlikdagi bir qator mutasaddi idoralar rahbarlari bilan muzokaralar olib bormoqda. Şu kabi muloqotlar natijasida umra xizmatlari narxini yanada arzonlaştirişga erişilgan.

«Özbekiston musulmonlari idorasi hamda Din işlari böyiça qömitasi tomonidan taşkil etilgan umra xizmatlari har jihatdan qulay, arzon va xavfsizdir. Eng asosiysi, töğridan-töğri reyslar, tunu kun şifokorlar xizmati, uç mahal issiq ovqat bilan ta’minlangan hamda eng malakali imom-xatiblardan iborat ellikboşilar jalb etilgan. Şuningdek, Fatvo markazi ulamolari işçi guruhi vakili sifatida şar’iy masalalarga doimo yeçim topib beradilar», deyiladi idora xabarida.