Jahon | 09:39 / 27.04.2017
4467
2 daqiqa o‘qiladi

Misr 1 iyundan elektron vizalarni joriy qiladi

Joriy yil 1 iyunidan Misr arab respublikasida yangi elektron vizalar amal qila boshlaydi. Bu haqda Misr turizm vaziri Muhammad Yahyo Rashid Dubayda bo‘lib o‘tgan Arab turizm forumida ma'lum qildi

"Yangi tizim sababli dunyoning istalgan burchagidagi sayyohlar elektron vizani so‘rashlari mumkin", - deya vazir so‘zlarini keltiradi Egypt Independent gazetasi. 

Ushbu chora Misr aeroportlarida nazoratdan o‘tish jarayonini soddalashtirish va sayyohlar oqimini ko‘paytirishga xizmat qilishi kerak. Misr turizm vazirligi taxminlariga ko‘ra, bu yil ushbu mamlakatga 8-10 mln sayyoh kelishi mumkin. Bundan tashqari, yangi tizim xavfsizlik kuchlari zimmasidagi ayrim vazifalarni texnologiyalarga berish imkonini beradi. 

Mart oyida MAR kommunikatsiyalar va axborot texnologiyalari vaziri Yosir al-Kadiy yangilik tufayli sayyohlar viza olish uchun elekron shaklni to‘ldirishi kifoya qilishini aytgan edi. Hukumat uning mamlakatga kirishini tasdiqlasa, viza nusxasi sayyohning elektron pochta manziliga yuboriladi. 

Mavzuga oid