Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda gaz narxi ham oshiriladi, 2019 yilda narxlar yana kamida bir marta ko‘tariladi
Foto: Shutterstock
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 16 noyabrdan boshlab aholi uchun tabiiy gaz narxining oshirilishini tasdiqladi. Narxlar 2019 yilda yana bir marta oshiriladi.
Hukumat qarorida tabiiy gaz narxi bir kub metr uchun 320 so‘m, 2019 yil 1 iyundan 350 so‘mgacha ko‘tarilishi nazarda tutilgan.

“O‘zbekenergo” AJ 2018 yilning 16 noyabridan boshlab elektr energiyasining oshiriladigan narxlari borasidagi ma'lumot e'lon qildi. Xususan, bir kilovatt elektr energiyasi narxi 250 so‘mgacha (hozir 228 so‘m 60 tiyin) oshadi. Bundan tashqari, 2019 yil 1 iyundan boshlab yana 280 so‘mgacha oshadi.
Shuningdek, 2018 yil 16 noyabrdan iste'mol solig‘ini hisobga olgan holda avtobenzin va dizel yoqilg‘isi chakana narxlari: Ai-80 avtobenzinga – 4 000 so‘m/litr; Ai-91 avtobenzinga – 4 500 so‘m/litr; dizel yoqilg‘isiga – 4 800 so‘m/litr; EKO dizel yoqilg‘isiga – 4 900 so‘m/litr etib belgilandi.
Mavzuga oid
16:04 / 17.01.2026
Ozarboyjon Germaniya va Avstriyaga gaz yetkazib berishni boshladi
09:32 / 12.01.2026
Raqobat qo‘mitasi gaz narxlarini asossiz oshirish alomatlari bo‘yicha ish qo‘zg‘atdi
08:35 / 12.01.2026
Mo‘ynoqda yangi quduqdan sanoat miqyosida gaz oqimi aniqlandi
11:53 / 09.01.2026