Yoqilği-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqiçma-bosqiç özgartiriş töğrisidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi telegram-kanali xabar bermoqda.
Qarorga muvofiq, 2018 yil 16 noyabrdan iste'mol soliğini hisobga olgan holda avtobenzin va dizel yoqilğisi çakana narxlari:
Ai-80 avtobenzinga – 4 000 söm/litr;
Ai-91 avtobenzinga – 4 500 söm/litr;
dizel yoqilğisiga – 4 800 söm/litr;
EKO dizel yoqilğisiga – 4 900 söm/litr etib belgilandi.
2019 yilning 1 yanvaridan boşlab Toşkent şahrining Yunusobod tumanida eksperiment tariqasida quyidagilar joriy etiladi:
aholi iste'moli uçun elektr energiyasi bazaviy normasi oyiga bir abonentga 300 kVt.soat;
aholi iste'moli uçun tabiiy gazning bazaviy normasi:
isitiş mavsumi davrida yakka tartibda isitiladigan uylar va kvartiralarda yaşaydigan bir abonentga oyiga 1000 kub.m;
boşqa holatlarda bir abonentga oyiga 250 kub.m.
Bunda aholi bilan elektr energiyasi va tabiiy gaz uçun hisob-kitoblarni amalga oşirganda:
bazaviy norma doirasida – belgilangan tarif böyiça;
bazaviy normadan ortgan qismi uçun – belgilangan tarifga 1,2 baravar oşirilgan koeffitsiyent qöllaniladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq elektr energiyasi narxi 16 noyabrdan oşişi xabar qilingandi.
Özbekistonda benzin narxini qançaga oşiriş rejalaştirilayotgani ma'lum böldi











