Uşbu maydon Toğ-kon sanoati va geologiya vazirligi tasarrufidagi “Özbekgeofizika” AJ hamda “Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti” DM tomonidan 3D seysmik qidiruv işlari ma’lumotlari asosida çuqur izlov burğilaşga tayyorlangan.
Ma’lum qilinişiça, quduq Jamiyat va uning tarkibida faoliyat olib borayotgan Loyiha boşqaruv ofisi mutaxassislari tomonidan burğilangan. Qayd etilişiça, uşbu ofis davlatimiz rahbarining topşiriğiga köra, xorijdagi zamonaviy kompaniyalarda neft-gaz yönalişida işlab, mamlakatga jalb etilgan malakali mutaxassislar guruhidan taşkil topgan.
2026 yil 10 yanvar kuni quduq tubi quyi yura qatlamlarida 5265 metr çuqurlikkaça burğilanib, 5265–5061 metr oraliğida tabiiy gaz uyumlari aniqlangan.
Quyi yura qatlamlarining geologik tuzilişini örganiş hamda aniqlangan gaz uyumlarining tarqaliş çegarasini belgilaş maqsadida mazkur maydonda navbatdagi 3 va 4-sonli izlov-qidiruv quduqlarini burğilaş rejalaştirilmoqda.













