O‘zbekiston | 20:35 / 12.02.2020
3751
7 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryo viloyatida elektr energiya sohasini yaxshilash maqsadida amalga oshirilgan ishlar

Foto: Sirdaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi AJ

2019 yil davomida viloyatimizda iste'molchilarga 1 239 776 432 kVt.s elektr energiyasi yetkazib berilgan bo‘lib, 2018 yilga nisbatan iste'molchilar 57 561 557 kVt.s ko‘proq elektr energiyasi bilan ta'minlangan. 2020 yilda esa iste'molchilarga 1,4 milliard kVt.s ga yaqin elektr energiyasi yetkazib berish rejalashtirilgan. Bu esa oldingi yilga nisbatan olganda qariyb 160 ming kVt.s hajmga ko‘proq elektr energiyasini tashkil etadi. Bunday holatlarda elektr energiyasini to‘g‘ri taqsimlash va iste'molchilarga uzluksiz elektr energiyasini yetkazib berish va ulardagi qarzdorliklarni kamaytirish zaruriyati yanada ortadi. Ushbu muammolarni o‘z vaqtida va zamonaviy yo‘llar bilan bartaraf etish maqsadida “Sirdaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 23-noyabrdagi 2017-2021 yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yanada modernizatsiya qilish va yangilash dasturi to‘g‘risida” gi №2661-sonli qaroriga asosan Sirdaryo viloyati bo‘yicha 211,4 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlarini va 170 dona transformator punktlarini rekonstruksiya qilish va yangidan qurish rejalashtirilgan, amalda 227 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmog‘i va 146 dona transformator punktlari rekonstruksiya qilinib, rejaviy tarzda ishlar davom ettirilmoqda.

Foto: "Obod qishloq" dasturi

"Obod qishloq" dasturi doirasida 103 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmog‘i va 44 dona transformator punktlarini rekonstruksiya qilish va yangidan qurish rejalashtirilgan, amalda 103.8 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmog‘i va 46 dona transformator punktlari rekonstruksiya qilinib, yangidan qurildi. 140 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmog‘i va 91 dona transformator punktlari mukammal tamirlanishi rejalashtirilgan, amalda 205 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmog‘i va 92 dona transformator punktlari mukammal ta'mirlandi.

Umumiy hisobda jami 8,0769 milliard so‘mlik rekonstruksiya, yangidan qurish va mukammal ta'mirlash kabi ishlar amalga oshirildi.

Foto: “Obod mahalla” dasturi

“Obod mahalla” dasturi doirasida rejalashtirilgan 8 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmog‘i va 10 dona transformator punktlarini rekonstruksiya qilish va yangidan qurish rejalashtirilgan, amalda rejalashtirilgan ish hajmlari to‘liq bajarilgan. Bundan tashqari rejalashtirilgan 29,3 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmog‘i va 30 dona transformator punkti mukammal ta'mirlandi. Umumiy hisobda jami 674,5 million so‘mlik rekonstruksiya hamda yangidan qurish va mukammal ta'mirlash ishlari amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 oktyabrda “Elektr energetikasi tarmog‘ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №3981 sonli qaroriga asosan, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan iste'molchilarga qulayliklar yaratish maqsadida elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ni joriy etish ishlari mamlakatimiz bo‘ylab bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Foto: ASKUE tizimi

Sirdaryo viloyatida ham ushbu aqlli hisoblagichlarni o‘rnatish ishlari sababli korxonamiz hamda barcha tuman va shahar elektr ta'minoti korxonalari mas'ul xodimlaridan iborat ishchi guruhlar tashkil qilingan bo‘lib, bugungi kunga kelib jami 131 201 iste'molchilardan 51 788 dona aholi, 1456 dona ulgurji iste'molchilarga aqlli hisoblagichlar o‘rnatib berildi.

Ushbu onlayn hisoblagichlar onlayn rejimda to‘liq ishga tushirilgach, iste'molchilar to‘lov uchun navbatlar, noreal qarzdorlik kabi holatlardan aziyat chekishmaydi.

 

Foto: Cayyor qabul jarayonlari

Iste'molchilarni tinglash va ular bilan qalbdan hamsuhbat bo‘lish hamda ularning muammolarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rgan holda yechim topish maqsadida viloyatimiz bo‘ylab korxonamiz rahbariyati tomonidan uzluksiz chiqishlar va sayyor qabullar ham o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017-yil 30-iyun – O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil topgan kun va “Yoshlar kuni” deb e'lon qilindi.

Yurtboshimizning yoshlarga berayotgan etibori korxonamizni ham befarq qoldirmagani holda jamiyatimiz tomonidan ham yoshlarga katta e'tibor qaratilmoqda. Hozirgi kunda korxonamizda 197 nafar yoshlar o‘z mehnat faoliyatini olib borayotgan bo‘lib, oxirgi bir yil davomida 30 yoshgacha bo‘lgan 24 nafar xodim ishga qabul qilingan bo‘lsa, 4 nafar yosh xodimlarimiz rahbarlik lavozimlariga tayinlandi. Xodimlarni madaniy hordiq olishlarini ta'minlash maqsadida jamiyatimizning Kasaba uyushmasi va Yoshlar bilan ishlash yetakchilari hamkorlikda sportning futbol, shaxmat, shashka musobaqalari muntazam ravishda o‘tkazilib borilmoqda. Bundan tashqari yurtimizning go‘zal go‘shalaridan "Chimyon" "Zomin"dam olish maskanlariga, Tarixiy shaharlarimiz Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlariga ekskursiyalar tashkil qilinib kelinmoqda.

Foto: barcha tuman va shahar elektr tarmoqlari korxonalari

Yil davomida iste'molchilarga Davlat va shartnomaviy xizmat ko‘rsatishda 7,488 milliard so‘mlik shartnomaviy ishlar amalga oshirilgan bo‘lib, korxonamiz xodimlari qulay va shinam xonalarda ish yuritishlari uchun sharoit yaratib berish maqsadida olingan 1,647 milliard so‘m foyda hisobidan barcha tuman va shahar elektr tarmoqlari korxonalari binolarini 2019-2020 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash yo‘lida ushbu korxonalarga jami 74,6 million so‘mlik AKFA eshiklar, 75,9 million so‘mlik MDF eshiklar, 281,4 million so‘mlik AKFA PLAST romlar, 148,3 million so‘mlik isitish qozonlari, 138,1 million so‘mlik isitish tizimlari, 74,8 million so‘mlik tom qismi jami hisobda esa 793,1 million so‘mlik materiallar o‘rnatib berildi va rahbar xodimlarga 8 dona Nexia 3 va 1 dona Cobalt rusumli xizmat avtomobillari jami hisobda 676 813 097 so‘m, xodimlar uchun 1 dona “Damas” va avtobus transporti jami hisobda 329 812 220 so‘mlik xaridlar qilindi.

Bundan tashqari korxonamiz tomonidan 350 million so‘mga 1 dona ekskavator va 926 731 376 so‘mga BM-205 D rusumli yamabur texnikasi xarid qilinib, ishga yo‘naltirildi.

Bu amalga oshirilayotgan ishlardan maqsad korxonamiz faoliyatini yanada rivojlantirish va iste'molchilarga sifatli xizmat ko‘rsatishdan iborat.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid