Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi etib tasdiqlandi
Shavkat Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, Turdimov kelasi yil viloyatga 3 mlrd dollar investitsiya jalb qilishi, eksportni 500 mln dollarga yetkazishi, 185 ming kishini band qilishi kerak.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati kengashi 4 dekabr kungi sessiyasida ovoz berish yo‘li bilan Erkinjon Oqbo‘tayevich Turdimovni viloyat hokimi lavozimiga tasdiqladi.
U joriy yil yanvaridan buyon hokim vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelayotgandi.
Sessiyada ishtirok etgan prezident Shavkat Mirziyoyev Turdimov nomzodini aholi va tadbirkorlarning fikrini o‘rgangan holda tavsiya etayotganini aytdi.
Viloyat faollarining fikrlari tinglanib, hokimni tayinlash masalasi ovozga qo‘yildi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Erkin Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Davlat rahbariga ko‘ra, hokim Sirdaryo viloyatini eng ilg‘or hududlardan biriga aylantirish uchun kelasi yil viloyatga jami 3 milliard dollar investitsiya jalb qilish, eksportni 500 million dollarga yetkazish, 185 ming odamni band qilish bo‘yicha qattiq ishlashi lozim.
- Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Ulug‘bek Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi lavozimiga, o‘tgan hafta esa Adiz Boboyev Samarqand viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlangan edi.
Erkinjon Turdimov haqida
Erkinjon Turdimov 1969 yil Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida tug‘ilgan. 1991 yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan. Mutaxassisligi bo‘yicha iqtisodchi.
1991 yildan bank tizimida faoliyat boshlagan, 1995–1996 yillarda Zarafshon shahar hokimining iqtisodiyot masalalar bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan, 1996–2000 yillarda Milliy bankning Navoiy viloyat bo‘limi boshqaruvchisi sifatida ishlagan.
2000–2008 yillarda Xatirchi tumaniga hokimlik qilgan. 2008 yilda bir muddat qishloq va suv xo‘jaligi vazirining qishloqda iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.
2008–2016 yillarda Navoiy viloyati hokimi, 2016–2018 yillarda Surxondaryo viloyati hokimi sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
2018 yil 13 iyuldan Samarqand viloyati hokimi lavozimida ishlay boshlagan, 2024 yil noyabrida salomatligi tufayli lavozimini tark etgan, 2025 yil yanvarida Sirdaryo viloyati hokimi v.b. etib tayinlangan edi.
Mavzuga oid
14:49 / 02.04.2026
Gulistonda ko‘p qavatli uy qulash xavfi sabab unda yashovchilar evakuatsiya qilindi
18:05 / 30.03.2026
Uyqusiz tunlardan $385 000 gacha: MITʼdan 100 foiz grant yutgan sirdaryolik Asilbek Sunnatov
09:34 / 28.03.2026
Sirdaryolik yigit 2 mlrd so‘mlik kibero‘g‘rilikda ushlandi
14:31 / 13.03.2026