Oiladagi kamsitişdan – Turkiyadagi uqubatlargaça. Ikki marta sotib yuborilgan qiz hikoyasi
|17:03 / 09.04.202251 04612 min
“Hamidbeyning uyidagi körgiliklarim oldida hammasi holva ekan. Qul kabi ezildim bu uyda, it kabi xor böldim, inson tasavvuriga siğmas darajada qöllarim zanjirband saqlandim hatto. Umrimda eşitmagan holatlarga tuşdim, xörlandim, zörlandim...”
Foto: Kun.uzFoto: Kun.uz
Kun.uz'ning “Hayotiy hikoyalar” rukni xorijda öz vatandoşlari tomonidan ikki marta sotilgan vatandoş qiz taqdiri haqida hikoya qiladi.
“Uç kun avval Turkiyadan qaytib keldim. 22 kun u yerda bölgan bölsam-da boşimdan şunçalik köp narsa ötdiki, bularni aytib bermasam bölmaydi”. Elektron manzilga yöllangan bu maktub egasining hikoyasi qiziqiş va hayrat uyğotib, u bilan körişişga qaror qildik.
Hikoya qahramoni va yana bir neçta qiz suhbatimizdan bir neça kun avval “Özbek xotin-qizlarining huquqlarini himoya qiliş jamiyati” orqali Turkiyadan Özbekistonga olib kelingan edi.
***
Oyoğimdagi nuqson sabab özimni tölaqonli insonlar safida köra olmaganman
Yoşim 22 da. Oilada uç farzandning tönğiçiman, mendan keyingi singlimni uzatganmiz, ukam bor. Oilaviy şaroitimizni unçalik yaxşi deb bölmaydi. Otam ustaçilik bilan şuğullanadi, onam uy bekasi, özim 350 ming nogironlik nafaqasi olaman.
Yoşlikdan soğligimda ozgina aybim bor – bir oyoğimda biroz oqsaş bölgani uçun 2-guruh nogironiman. Şu sababli bolaligimdan nuqsonimdan uyalaman. Oilamizda ham bu kamçiligim bilan turmuşga çiqa olmasligim haqida gapiriladi. Şuning uçunmi, özimni boşqalar kabi erkin his qila olmayman. Orzularim juda köp edi: öqişni, işlaşni, öz hayotimni qurişni va öz örnimga ega bölişni istardim. Lekin orzularning amalga oşişi işonçga, qat’iyatga ham boğliq ekan.
Bizda şunday qadriyat borki, opasidan avval singil turmuşga uzatilsa, böldi tamom, şu bilan opaning qandaydir “aybi” borligiga hukm çiqariladi.
Iztiroblarimdan foydalangan yigitga işonib, aldandim
Özimni şunday sanab yurgan vaqtda hayotimda bir yigit paydo böldi: uylangan, ammo ajraşgan edi. Menday nogiron, ustiga ustak “ötirib qolgan” qizga boşqa kim ham teng bölişini öylab u bilan gaplaşdim. Oqibatda boşimga tuşajak savdolarni bilsam edi, bugun bu holga tuşmasmidim...
Hamma iztiroblarim haqida bilgan yigit bundan unumli foydalandi – men uning sözlariga işonib aldandim. Endi bir taşvişim ustiga ming taşviş qöşildi. Bu haqda xabar topgan yaqinlarim ğalva kötarişdi, meni buzuqdan olib, buzuqqa solişdi. Menga nisbatan hammaning munosabati şu qadar yomon ediki, öz ota-onam ham menga nafrat közi bilan qaraşardi.
Mavzuga oid
Uydayam, köçadayam halovatim yöqoldi. Soğligimda yetişmovçilik bölsa-da, betaşviş, bexavotir yaşagan kunlarimning qadriga yetmagan ekanman. Özimni heç kimga keraksiz, ortiqça odamday his qilardim. Boş olib ketişni istardim va şunday qildim.
Kulfatlarimning boşlanişi...
Şu orada yigit meni xolasi Bonu opa bilan taniştirdi va unikida ma’lum muddat yaşab turdim. Çalğiş maqsadida iş qidirdim, qölimdan keladigani – çevarçilik edi. Ammo bundayam köp işlolmadim. Men işlayotgan sex ayrim muammolar sabab faoliyatdan töxtatildi. Yana iş qidira boşladim.
Bonu opaning qöşnisi Turkiyaga turmuşga çiqişni yoki işlaşni istagan qizlarga ketişlari uçun yordam berarkan. U menga bir neçta turli yoş va körinişdagi erkaklar suratlarini körsatdi, aytişiça ular özbekistonlik qizlarga uylaniş niyatini bildirişgan ekan. Turmuş quriş istagim yöqligini, iş bölsa jon deb işlaşga borişimni aytdim. Şundan söng hammasi jadallaşib ketdi – Turkiyaga ketiş uçun harakat boşladim.
Şu orada qöşni ayolning Bonu opaga pul berganini kördim. Qarzi bordir yoki boşqa sabab degan öyda e’tibor bermadim. Keyin bilsam, u har bir topilgan qiz uçun opaga qizning yoşiga, husniga qarab ma’lum miqdorda pul berar ekan. Ya’ni belgilangan “stavka” – 20 yoşdan oşmagan qizlarga 200 AQŞ dollari, undan yuqorisiga 50–100 dollardan berişar ekan.
Ozgina mehr sabab ketgim kelmay qoldi. Ammo...
Ketiş oldi uydagilarni xabardor qiliş uçun uyga bordim. Onamning menga munosabati yaxşi tarafga özgarganini sezdim. Ozgina bölsa-da mehrni his qilgan yuragim endi uzoq begona yurtga ketişni istamay qoldi. Fikrimdan qaytganimni bildirganimda “opa”lar buning iloji yöqligini, aks holda uyimga kelib töpolon qilişlari mumkinligini aytişdi. Agar şunday böladigan bölsa, oilamdagilarning oldida holim nima bölişi ayon edi. Angladimki, ketişdan boşqa iloj yöq.
Mendan taşqari yana ikki qiz va bizni işga joylaş uçun olib borayotgan opa bilan Öş orqali Istanbulga uçdik. U yerda narsalarimizni olişni kutar ekanmiz, opa menga katta xuşxabari borligini aytdi. Uning şu yerda yaşaydigan va nufuzli lavozimda işlaydigan tanişi menga yordam berişini, oyoğimni şifokorlarga körsatişini aytibdi. Bundan şu qadar xursand böldimki, işonçsizlik bilan berilgan savollarimga uning savob uçun qilayotgani ma’lum böldi.
Opa boşqa qizlarni işga joylaşi kerakligini, bir özim ketişimni aytgaç noiloj bir özim Anqaraga uçdim. U yerda meni 60 yoşlar atrofidagi kişi kutib oldi va olib borib bir uyga joylaştirdi.
1000 dollarga sotilgan ekanman
Ismini Hamidbey deb taniştirgan kişining men tuşimda ham körmagan joyda joylaşgan uyidagi körgiliklarim oldida hammasi holva ekan. Qul kabi ezildim bu uyda, it kabi xor böldim, inson tasavvuriga siğmas darajada qöllarim zanjirband saqlandim hatto.
Umrimda eşitmagan holatlarga tuşdim: xörlandim, zörlandim. Qoçiş uçun ham urinib kördim, uddasidan çiqolmadim. Hamidbey meni 1000 dollarga sotib olganini, menga uylanmoqçiligini aytdi. U bilan yaşolmasligimni, meni özim bilan kelgan qizlarning yoniga qaytarişni sörab yalinib-yolvordim. Qattiq jahli çiqib ketdi, ammo ketişimga qarşilik qilmay telefon va hujjatlarimni qaytarib berdi. Faqat menga tölagan pulini qaytarmasam, yerning tagidan bölsayam topişini aytdi. Qahraton qişda, ayni qalin qor yoğgan kunlarda köçada qolsam-da, undan qutulganimga şukur qilib çiqib ketdim.
Vatandoş qizlarni Telegram orqali arang topib bordim. Yetib borib birinçi qilgan işim internet orqali Telegram'da hamma tanişlarimga bitta smsni yubordim: “Meni sotib yuborişdi. Yordam bering, meni bu yerdan qutqaring”. Işqilib harakatlarim samarasiz qolmadi: taqdir meni öz qişloğimdan kelib şu yerda işlaydigan ayol Ruxsora opaga röpara qildi.
“Bu qiz senga. Menga 1000 dollar berib, keyin pulingni ikki hissa qilib çiqarib olasan”
Ruxsora opa bu yerda oilasi bilan yaşar ekan. Şungami, opaga nisbatan işonçim bor edi. Ammo bir haftalar ötib u ham meni bir joyga yetaklab bordi va özbekistonlik qizlar bilan taniştirdi. Gap orasida ularning içida yoşi kattaroğiga: “Bu qiz senga. Menga 1000 AQŞ dollari berib, keyin pulingni ikki hissa qilib çiqarib olasan. Undan keyin bunga bilet olib berib jönatvorasan”, dedi.
Qayerga kelganimni va ular nima iş bilan şuğullanişini tuşundim. Men öz vatandoşim tomonidan ikkinçi marta sotilgan edim. Borar joyim, dodimni eşitadigan odam yöq edi.
Keçga tomon qizlar yasanib köçaga çiqişar edi. Borgan joyimizning nomini bilmayman, lekin eski, xaroba bir yer edi. Öşa yerda ular “mijoz” kutişar ekan. Bilardimki, ular bilan “hamkasb” bölişim yoki qutuliş çorasini topişim kerak edi. Hujjatlarim ularning qölida, aytganlarini qilmasam qattiq kaltaklanardim.
Ular men uçun sarflagan pulni qanday bölmasin çiqarmagunça ketolmasligimni bilib, Özbekistondagi xolamga Telegram orqali boğlanişga ruxsat söradim. Men uçun pul jönatişini, keyin bu yerdan ketişim va heç kimga çurq etmaslikka va’da berdim. Telefonimni sörab olib xolamga vaziyatni yotiği bilan tuşuntirdim va u tez orada pul yuborişini aytdi. Şundan söng pulni kutib ular meni boşqa bu “işga” majburlaşmadi.
Afsuski, özi ham qöl uçida kun köradigan xolamning ham bunça puli yöq edi. Lekin bir amallab Turkiyadagi “Özbek xotin-qizlarining huquqlarini himoya qiliş jamiyati”ning telefon raqamlarini topib murojaat qilgan ekan. Bir neça kun ötib men yaşayotgan manzilga politsiya bilan birgalikda jamiyat rahbari Ozoda opa keldi.
Avvaliga ularga ham işonişim qiyin böldi. Xolamga telefon qilib berişgandan keyingina işondim. Şu jamiyat yordamida yurtimga, oilam bağriga qaytdim.
Meni politsiya qöliga topşirişdan oldin ular haqida çurq etmasligimni tayinlaşdi. Lekin özaro gaplarini bexos eşitganim uçun bunday qilolmayman. Hozir Andijondan bir oilaning uç qizi ularning oldiga “işlagani” boriş uçun tayyorgarlik körişyapti. Ularning ham boşiga mening kunim tuşişi aniq. Taniganimda edi, uylariga borib xabardor qilgan bölardim.
Şu örinda bir narsani ta’kidlaşni istayman, farzandlaringizning biror kamçiligi uçun zinhor işonçini söndirmang. Ayniqsa qizlaringizni. Özimni oqlamoqçi emasman, lekin közi körmaydigan, oyoği yurmaydiganlar ham dunyoga tatigulik işlar qilayotganini kördim. Bunga esa avvalo oiladagi bildirilgan işonç, qöllab-quvvatlaş sabab deb öylayman. Bolangizni pul bilan qöllaş şart emas, unga eng yaxşi va eng kerakli ekanini anglatişingiz kifoya. Şunda u adaşmaydi, öz örnini qayerlardandir axtarmaydi, birovlardan mehr kutmaydi.
Şu ötgan 22 kun mobaynida körgan-keçirganlarim köz oldimdan ketmayapti. Öşa qörquv, xavotir, puşaymon meni tark etmaydi. Uyda ota-onam oldida ham boşim egik. Bu yoğiga qanday yaşaşni bilmayman.
***
Xorijda sotilgan özbek qizlarining ketişiga faqat moddiyat sabab bölmagan
Qizni vatanga qaytarişda kömak bergan “Özbek xotin-qizlarining huquqlarini himoya qiliş jamiyati” psixologi Gulira’no Erolovaning aytişiça, unda kuçli ruhiy stresslar ta’siri saqlanib qolgan.
“Qiz oğir ruhiy holatni boşidan keçiryapti. Hozir uni reabilitatsiya markaziga joylaştiriş çoralarini köryapmiz. Çunki oilasida ham u özini yaxşi his qila olmaydi. Oilaviy munosabatlar buzilgan.
Turkiyada şunday vaziyatga tuşib qolgan xotin-qizlarga yordam berişda bir narsaga amin böldimki, ularning yurtidan ketişlariga faqat moddiy şaroit sabab bölmagan. Juda köpçilik qizlar psixologik zarbalar oqibatida ketişni xohlab qolişadi. Ular uçun işlab pul topiş ikkinçi darajali masala. Birinçi navbatda atrofidagi odamlardan, muhitdan uzoqqa ketişni, boşqaça yaşaşni öylaşadi. Ya’ni oilada özining örni yöq, hayotga muhabbati, qiziqişi yöq, oiladagi ayollarning bir-biriga (onaning qiziga, opaning singlisiga) munosabati yaxşi emas, nisbatan yakdillik, özaro tuşuniş yöq.
Qiz bolani, ayol kişini öz jinsdoşi, onasi, opasi, singlisi tuşunmas ekan, xato qilmaslikka, xatodan xulosa qilmaslikka, öz örnini topişga qanday örgansin? Oilaviy munosabatlarda qiz bola tarbiyasi yuzasidan juda jiddiy kamçiliklarimiz bor. Buni tuzatmas ekanmiz, qizlarimiz şunday ahvolga tuşmasligiga heç kim kafolat bera olmaydi”, deydi u.
Suhbatimizni yakunlab xayrlaşar ekanmiz, qizning oyoğiga sezdirmay razm soldim. Oqsoqlanişi u darajada sezilmaydi, agar özi aytmasa juda bilinarli ham emas. Ammo unga yoşlikdan uqtirilgan nogironlik tamğasi fikriga mutlaq örnaşib bölgan. U iç-içidan özini nogiron va “past toifali odam” deb hisoblaydi...