Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Imom Buxoriyning Payariqdagi yodgorlik majmuasida 10 ming o‘rinli masjid quriladi - Shavkat Mirziyoyev
Imom Buxoriyning Payariq tumanidagi yodgorlik majmuasi hozirgi vaqtda tubdan qayta qurilmoqda. Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Samarqandda saylovchilar bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.
“Bu yerda 21 gektar maydonda bog‘ va xiyobonlar, 10 ming o‘rinli masjid, 3 ta mehmonxona, 24 ta oilaviy mehmon uylaridan iborat, ziyorat turizmi majmuasi barpo etiladi.
O‘zbek xalq og‘zaki ijodini asrab-avaylash va kelajak avlodlarga bezavol yetkazishda Ergash Jumanbulbul o‘g‘li, Fozil shoir, Islom shoir, Po‘lkan shoir kabi atoqli baxshi bobolarimizning xizmatlari beqiyosdir.
Ularning merosini chuqur o‘rganish va targ‘ib qilish, jumladan, uy-muzeylarini ta'mirlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rishimiz zarur.
Kelgusi yili Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li tavallud topganiga 150 yil to‘ladi. Ushbu tarixiy sana bo‘yicha maxsus qaror qabul qilib, uni adabiyot va ma'naviyat bayrami sifatida o‘tkazamiz. Chunki ma'naviy durdonamiz bo‘lgan “Alpomish” dostoni aynan ana shu mashhur baxshi tilidan yozib olingan”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga oid
17:23 / 17.01.2026
Farg‘onada 3-, Samarqandda esa 4-sinf o‘quvchisi B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi
21:43 / 12.01.2026
Samarqand shahri kengaytiriladi va Samarqand tumani tugatiladi
10:01 / 07.01.2026
Samarqandda shifokorlar bemor qornidan 200 gramm mix chiqarib oldi
11:10 / 30.12.2025