Toshkentda stikerlardan maqsadli foydalanish ustidan nazorat reydlari boshlanadi
7 aprel soat 06:00dan e'tiboran, avtotransport vositalari uchun berilgan stikerlardan maqsadli foydalanish ustidan nazorat-reyd tadbirlari boshlanadi.

Adliya vazirligidan ma'lum qilishlaricha, nazorat-reyd tadbirlari Toshkent shahar IIBB YXHB va Toshkent shahar Davlat xizmatlari markazlari hamkorligida tashkil etiladi.
Shu maqsadda YPX xodimlariga stikerlar nima uchun berilgani to‘g‘risidagi ma'lumotlar taqdim etiladi.
Vazirlik stikerlar bo‘yicha shubhali ma'lumotlar mavjud bo‘lsa, Telegram`dagi @antikorbot yoki quyidagi telefon raqamlari orqali ma'lumot berishingizni so‘ragan:
- (71) 203-60-02; (71) 254-22-13; (71) 215-71-51.
Eslatib o‘tamiz, avtomobillar uchun maxsus ruxsatnomalar berish 4 aprel soat 18:00dan - 6 aprel 18:00gacha vaqtincha vaqtincha to‘xtatilgan.
Mavzuga oid

23:03 / 12.08.2020
15 avgustdan mashinada kun davomida harakatlanish mumkin bo‘ladi

16:42 / 03.08.2020
Eksportchilar uyushmasi raisining Kun.uz'da e'lon qilingan murojaatidan so‘ng, Farg‘onada tadbirkorlarning transportda harakatlanishiga qo‘yilgan cheklov olib tashlandi

11:58 / 17.07.2020
Dam olish kunlari avtotransportlar harakati cheklanadi. Kimlarga ruxsat bor?

12:58 / 09.07.2020