Dam oliş kunlari avtotransportlar harakati çeklanadi. Kimlarga ruxsat bor?
|16:58 / 17.07.2020257 0195 min
Respublika maxsus komissiyasining 11 iyuldagi qarori bilan Özbekistonda aholi örtasida koronavirus infeksiyasining tarqaliş zanjirini uziş maqsadida qöşimça karantin çeklovlari joriy etilgandi.
Unga köra, 18-19 iyul hamda 25-26 iyul (şanba va yakşanba) kunlari kun davomida respublika miqyosida harakatlaniş, avtotransport vositalarining, şu jumladan, yönalişsiz taksilar harakati töliq töxtatilişi belgilangan.
Mazkur çeklov maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida harakatlanadigan avtotransport vositalariga hamda Respublika maxsus komissiyasining joriy yil 8 iyuldagi qarori bilan tasdiqlangan Avtotransport vositalari harakatlanişiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Respublika maxsus komissiyasining 8 iyuldagi qaroriga binoan maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlar röyxati tasdiqlangandi.
Şunga köra, quyidagi toifa avtomaşinalarga şanba va yakşanba kunlari harakatlaniş uçun ruxsat beriladi:
1) maxsus ruxsatnoma (stiker)lari bor maşinalar;
2) maxsus ruxsatnoma (stiker)siz yuriş huquqiga ega bölgan avtomaşinalar:
Soğliqni saqlaş tizimidagi hamda xususiy tibbiyot taşkilotlari, tibbiy-sanitariya va epidemiologik xizmatlar körsatuvçi taşkilotlarning xizmat va xodimlarining şaxsiy avtotransport vositalari.
Farmatsevtika mahsulotlari (dori vositalari va tibbiy buyumlar) işlab çiqaruvçi taşkilotlarning xizmat avtotransport vositalari.
Fuqarolarga keçiktirib bölmaydigan tez tibbiy yordam körsatiş (homiladorlik, tuğruq, tana jarohati, OIV/OITS, onkologik yordam, nurlaniş terapiyasi, gemodializ yordamini körsatiş, jarrohlik amaliyoti zarur bölganda, inson hayotiga xavf tuğdirayotgan boşqa holatlar) bilan boğliq hollarda tibbiyot muassasasiga borayotgan va undan qaytayotgan şaxsiy avtotransport vositalari.
Yölovçi taşiş faoliyati bilan şuğullaniş litsenziyasiga ega bölgan yönalişsiz taksilarga.
Yetkazib beriş xizmati (keytering) taşkilotlarining avtotransport vositalari.
Kommunal xizmat körsatuvçi taşkilotlar – gaz, elektr energiyasi, issiqlik ta'minoti, sovuq suv, suv oqava va çiqindi taşişning maxsus avtotransport vositalari.
Oliy Majlis palatalari, sud va prokuratura organlari, Hisob palatasi, Biznes-ombudsman, Inson huquqlari böyiça vakil (Ombudsman), Inson huquqlari milliy markazi, Savdo-sanoat palatasining xizmat avtotransport vositalari.
Mavzuga oid
Vazirliklar, davlat qömitalari, agentliklar, boşqa davlat organlari, xöjalik birlaşmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda ommaviy axborot vositalarining xizmat avtotransport vositalari.
Markaziy bank va uning hududiy boşqarmalari hamda tijorat banklarining xizmat avtotransport vositalari.
«Respublika inkassatsiya xizmati» DUK xizmat avtotransport vositalari.
Xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari hamda «CMD», «D», «UN», «T», «M» va «X» davlat raqami belgilariga ega bölgan avtotransport vositalari. Xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari hamda «CMD», «D», «UN», «T», «M» va «X» davlat raqami belgilariga ega bölgan avtotransport vositalari, şuningdek, diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari, Taşqi işlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xalqaro taşkilotlar vakolatxonalari, xorijiy davlatlar hukumat taşkilotlari vakolatxonalari, savdo vakolatxonalari xodimlarining avtotransport vositalari (xizmat guvohnomasini körsatgan holda).
Aloqa xizmatlarini körsatuvçi taşkilotlar, «Özbekiston poçtasi» AJ, «Özbektelekom» AK va uning taşkilotlari hamda «Özinfokom» yagona integratori» MÇJga tegişli xizmat avtotransport vositalari.
N1, N2 va N3 toifaga kiruvçi avtotransport vositalari hamda qişloq xöjaligi texnikalari.
«Toşşahartransxizmat» AK tarkibiga kiruvçi avtobus saroylarining M2 va M3 toifaga kiruvçi avtotransport vositalari.
Yöl-patrul xizmati avtomobillari yordamida kuzatilayotgan avtotransport vositalari.
Dafn marosimlarida xizmat körsatuvçi maxsus avtotransport vositalari (faqat dafn marosimlari xizmatini körsatiş maqsadida).
Mavsumiy qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetkazib beruvçi M1 (bir nafar yölovçi bilan) toifadagi jismoniy şaxslarga tegişli şaxsiy avtotransport vositalari.
Bundan taşqari, dam oliş kunlari fuqarolar öz-özini yakkalaş hayot tarziga ötadi.
18-19 iyul hamda 25-26 iyul (şanba va yakşanba) kunlari quyidagilar tavsiya etiladi:
aholiga – «özini özi yakkalaş» hayot tarziga qat'iy rioya etgan holda öz uylarida qoliş;
davlat organlari va muassasalari, xöjalik birlaşmalari hamda boşqa taşkilotlarga – xodimlarni işga jalb etmaslik, xodimlarning uşbu kunlarda uyda qolişi uçun şaroit yaratiş.