YHXBB boşliği Olim Saidov  9 iyul kuni ötkazilgan matbuot anjumanida Maxsus komissiyaning uşbu qarorini izohlab ötdi.

«Respublika Maxsus komissiyasi qarori bilan 2020 yil 10 iyuldan e'tiboran Respublika miqyosida avtotransport vositalarining harakatini çeklaşni nazarda tutuvçi bir qator tartiblar joriy etilmoqda.

Unga köra, Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahriga avtotransport vositalarining kirişi va çiqişi töxtatiladi. Toşkent şahridan Toşkent viloyatiga hamda Toşkent viloyatidan Toşkent şahriga kirib-çiqiş bundan mustasno.

Jamoat transporti harakati töxtatiladi. 

Avtotransport vositalarida maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlanişga faqatgina kunning muayyan vaqtida, ya'ni, ertalab 07:00dan – 10:00gaça va 17:00dan – 20:00gaça tegişli xudud doirasida ruxsat beriladi. Bunda Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahri miqyosida fuqarolarning iş joyiga borib kelişi, dori vositalari, oziq-ovqat va birlamçi mahsulotlarni xarid qilişi uçun harakatlanişga ruxsat beriladi. Avtotransport vositalarining harakatlanişi davomida esa sanitariya-gigiyena qoidalariga qat'iy rioya etiş talab etiladi», deb tuşuntirdi Olim Saidov.

YHXBB boşliğining qöşimça qilişiça, 10 iyuldan boşlab viloyatlar markazlari, Toşkent va Nukus şaharlari atrofidagi yöl patrul maskanlari xizmatlari, blokpostlar va tösiq postlari faoliyati Içki işlar organlari, Milliy gvardiya va Mudofaa vazirligi kuçlari hamda Sanitariya epidimologiya nazorati davlat inspeksiyasi vakillari jalb qilingan holda kuçaytiriladi. 

Karantin davrida şuningdek, fuqarolarning mototransport, skuter hamda velosipedda harakatlanişi böyiça ham ma'lum tartiblar amal qiladi.

Jumladan, bunda faqatgina tibbiy niqobdan foydalangan holda, hayotiy zarur extiyojlari (dori vositalari, oziq-ovqat va birinçi darajadagi vositalarni xarid qiliş, şifokor körigiga murojaat qiliş) uçun ruxsat beriladi.

«Şuningdek, transport vositalarining harakatlanişi uçun Adliya vazirligi, DXA tomonidan ilgari berilgan maxsus ruxsatnomalar karantin çeklovlari amal qiliş davrida qöllaniladi.

Ruxsatnomasi mavjud bölmagan holda harakatlanayotgan avtotransport vositalari egalariga esa ma'muriy javobgarlik çoralarini qöllaş va avtotransport vositalarini jarima maydonçalariga joylaştiriş nazarda tutilgan», deb Olim Saidov sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.