1 avgust kuni Kun.uz saytida Özbekiston Eksportçilari uyuşmasi raisi Muxtor Umarovning mahalliy hokimliklarga murojaati e'lon qilingan edi.
Uyuşma rahbari uşbu murojaatida joylarda tadbirkor va eksportçilar faoliyatiga nisbatan mahalliy hokimliklar tomonidan köplab sun'iy tösiqlar qöyilayotganini Farğona viloyati misolida tanqid qilib, hokimlardan bu tösiqlarni olib taşlaşni söragandi.
Murojaat e'lon qilinganidan bir kun ötib, 2 avgust kuni Umarov tahririyatimiz bilan qayta boğlandi va bu borada muammolar öz yeçimini topganini bildirdi.
«1 avgust kuni farğonalik tadbirkorlarning qonun doirasida (stikerlari böla turib) yöllarda erkin harakatlana olmayotganlari böyiça uyuşmamiz murojaati e'lon qilingan edi. Bizni xursand qilgan jihati, unga nisbatan mas'ul idoralar tezkorlik bilan reaksiya bildirişdi. Jumladan, Davlat bojxona qömitasi, Biznes-ombudsman, Adliya vazirligi vakillari uyuşmamiz bilan boğlanib, joylardagi tadbirkorlarning uşbu muammolari tez orada hal qilinişini bildirişdi», – dedi Umarov.
Uning sözlariga köra, 2 avgustdan boşlab avtomobilda erkin harakatlaniş uçun maxsus stikerga ega va «Yaşil yölak» dasturi böyiça röyxatdan ötgan farğonalik tadbirkorlar yöllarda erkin harakatlana boşlagan.
«Ular mahsulotini içki bozorlarda ham eksportga yönaltira boşlaşdi. Bu iqtisodiyot rivojida juda muhim iş. Hozir tadbirkorlardan hukumatga va uşbu muammoning hal bölişida öz hissasini qöşganlarga minnatdorçilik bildirilgan xabarlarini olmoqdamiz», – dedi Eksportçilar uyuşmasi rahbari.

















