21:10 / 04.04.2019
46965

Shayxontohur tumani hokimi ishdan olindi

Toshkent shahrining Shayxontohur tumani hokimi Shuhrat Sanjarovich Muhammadxonov ishdan olindi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan 1-chorak yakunlari bo‘yicha videoselektor davomida Shuhrat Muhammadxonov, uning iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Shuxrat Zakirjanovich Sadikov va soliq inspeksiyasi rahbari Faxriddin Abdunabiyev Umarovich ham lavozimidan ozod etilgan.

Kun.uz muxbiri xabar berishicha, Shayxontohur tumani hokimi budjetga tushumlar bo‘yicha reja ko‘rsatkichi bajarilishidagi jiddiy kamchiliklar uchun tanqidga uchragan.

Shuhrat Muhammadxonov 2018 yilning avgust oyida Bahodir G‘oyibnazarov o‘rniga Shayxontohur tuman hokimi lavozimini egallagandi.

Bundan avvalroq, bosh vazir Abdulla Aripov Toshkent shahar hokimligida yig‘ilish o‘tkazgan, unda 1-chorak yakunida kutilayotgan natijalar hamda budjetga tushumlar borasida Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy muhokama qilingani xabar qilingandi.

 

Top