Joriy yilning 26 mart kuni Toşkent şahar hokimligida Özbekiston Respublikasi boş vaziri Abdulla Aripov raisligida kengaytirilgan yiğiliş ötkazilib, Davlat budjeti daromadlari manbalari böyiça 2019 yil 1-çorak yakunida kutilayotgan natijalar hamda budjetga tuşumlar borasida Toşkent şahrida amalga oşirilayotgan işlar tanqidiy muhokama qilindi.
Toşkent şahar hokimligi matbuot xizmati xabariga köra, 2019 yil 1-çorakda Davlat budjeti daromadlari reja körsatkiçi 4 trln. 485 mlrd. söm miqdorida tasdiqlangan bölib, 2019 yil 25 mart kuni holatiga reja körsatkiçi 3 trln. 683 mlrd. sömga yoki 82 foizga bajarilganligi ta'kidlandi.
Tasdiqlangan Davlat budjeti daromadlari daromadlar tuşumi rejasi ijrosi Uçtepa tumanida 67 foiz, Mirobod tumanida 69 foiz, Bektemir tumanida 74 foiz, Yunusobod tumanida 76 foiz, Mirzo Uluğbek tumanida 77 foiz, Şayxontohur tumanida 83 foiz hamda Sergeli tumanida 83 foizni taşkil etgan.
Reja bajarilişida qoloqlikka yöl qöyilganligi uçun Mirobod, Uçtepa tumanlari hokimlari va ularning birinçi örinbosarlari, uşbu tumanlarning davlat soliq inspeksiyalari boşliqlari qattiq ogohlantirilgan.
Şayxontohur tumanida Davlat budjet daromadlarining tuşum rejasi bajarilişida qoloqlikka yöl qöyilganligi va boşqa kamçiliklar uçun tuman hokimi va uning birinçi örinbosari, tuman davlat soliq inspeksiyasi boşliğiga hayfsan e'lon qilindi.
Şuningdek, 1-çorak natijasi bilan tuşum rejasi bajarilmagan taqdirda Toşkent şahri tumanlarining 4 ta sektor rahbarlari hamda tuman hokimlarining birinçi örinbosarlari ularga nisbatan qat'iy jazo çoralari qöllanilişi haqida ogohlantirilgan.
Yiğilişda iştirok etgan boş vazir örinbosari – moliya vaziri Jamşid Qöçqorov va Davlat soliq qömitasi raisi Behzod Musayev tomonidan tumanlardagi mas'ullarning faoliyati qattiq tanqid qilindi va Toşkent şahrida 1-çorak daromadlar tuşumi rejasini mart oyining oxirigaça bajariş uçun 801,9 mlrd. söm miqdorida tuşumni qolgan qisqa muddatda amalga oşiriş böyiça aniq vazifalar belgilab berildi, deyiladi xabarda.

















