Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ramazon oyida 1400ga yaqin masjidda xatmi Qur'on o‘tkaziladi
O‘zbekistondagi Ramazon oyida masjidlarda taroveh namozi o‘qilishi bilan birga 1370 dan ziyod masjidda Qur'oni karim xatmi bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi joriy yil Ramazon oyida taroveh namozi o‘qilishi bilan birga 1370dan ziyod masjidda xatmi Qur'on o‘tkazilishini ma'lum qildi.
«Har yili Ramazoni sharif kirib kelishi bilan yurtimiz masjidlari xatmi Qur'on sadolari bilan burkanadi. Namozxonlar jomelardagi taroveh namozlarida o‘qiladigan Qur'on tilovatiga some bo‘lib, ulkan ajru savobga ega bo‘ladi va ruhiy-ma'naviy ozuqa oladi.
Bu yilgi taroveh namozi va Qur'on xatmi lazzatini mo‘min-musulmon xalqimiz o‘zgacha sog‘inch, intizorlik va shavq bilan kutmoqda. Boisi, o‘tgan yili koronavirus pandemiyasi sababli bu ulug‘ ne'matdan bahramand bo‘lolmadilar.
Inshaalloh, bu yil yurtimiz masjidlarida taroveh namozi o‘qiladi. Quvonarlisi, 1370dan ziyod masjidda xatmi Qur'on o‘tkaziladi.
Qur'on o‘qiladigan yurtda farovonlik bo‘ladi. Bu joyga Allohning rahmati, barakasi yog‘iladi, balo-ofatlar ariydi. Hazrati Payg‘ambarimiz alayhissalom «Bir qavm jamlansa, ba'zisi duo qilsa va qolganlari “omin”, desa, albatta, Alloh taolo ularni ijobat qiladi», deganlar (Imom Tabaroniy rivoyati)», deyiladi O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati ma'lumotida.
Bundan avval 2021 yilda yurtimiz masjidlarida Ramazon oyi va taroveh namozlariga tayyorgarlik boshlangani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
12:35 / 16.03.2026
16 mart kuni O‘zbekistondagi 1765 ta masjidda Qur’oni karimning xatmonalari bo‘ladi
09:53 / 11.03.2026
Qirg‘izistonda Hayit sanasi e’lon qilindi: Ramazon oyi yana 29 kun bo‘lishi mumkin
17:10 / 04.03.2026
“Faqat Ramazonda ishlaydi” - Yovqochar bozoridan reportaj
09:08 / 24.02.2026