Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy şayx Nuriddin Xoliqnazar / Foto: Musulmonlar idorasi matbuot xizmati

«Tajriba va kuzatişlarimizdan ma’lumki, dunyoning kamdan-kam mamlakatlarida Ramazon oyini munosib ötkaziş böyiça Davlat rahbari darajasida alohida qaror qabul qilinadi. Sizning taşabbusingiz bilan qabul qilinayotgan bunday hujjatlar mazkur oyni yuksak insoniy fazilatlar, saxovat va mehr-muruvvat ayyomiga aylantirmoqda» deyiladi Musulmonlar idorasi matbuot xizmati e’lon qilgan maktubda.

Musulmonlar idorasi 16 fevral kuni «Ramazon oyida ehtiyojmand aholini ijtimoiy himoya qiliş masalalari»ga bağişlab ötkazilgan yiğilişdagi tarixiy qarorlarni alohida e’tirof qilgan.

«Ramazon oyi arafasida «Vaqf» xayriya jamoat fondiga 750 milliard söm hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi orqali 300 milliard söm mablağ ajratilişi – davlatçiligimiz tarixida misli körilmagan muruvvat namunasi böldi.

Sizning uşbu tarixiy qaroringiz zamirida buyuk muhaddis bobomiz Imom Buxoriy rivoyat qilgan: «Amallar niyatlarga qarab e’tiborlidir», degan muborak hadisi şarifdagi xolis va sof niyatlarning uluğ hikmati mujassamdir. Xalq manfaati yölidagi bu ğamxörlik tufayli minglab oilalarning muşkuli oson bölib, millionlab dillar quvonçga tölişi, qança nogironligi, kasalligi bor kişilarning davolaniş va jarrohlik amaliyoti xarajati qoplab berilişi, şubhasiz, yurtimizga fayz-u baraka olib keladi», deyiladi bayonotda.

Özbekistonlik ulamolarga köra, prezident Şavkat Mirziyoyev taşabbuskori bölayotgan bunday xayrli amallar xalqaro hamjamiyat va dunyo ulamolari tomonidan ham yuqori baholanmoqda.

«Muborak hadisi şariflarda keltirilişiça, «Alloh taolo uçun eng maqbul amal – möminning qalbiga quvonç kiritişdir».

Ulamolar Allohning nazarida bölgan insonlar qalbiga farah bağişlaşni Yaratganni rozi qiliş bilan qiyoslaganlar hamda siniq köngillarni kötariş, mahzun dillarga umid beriş va insonlarning oğirini yengil qiliş ilohiy muhabbatga sabab bölişini alohida ta’kidlagan.