Agar Hayit ayyomi Özbekistonda ham 20 mart kuniga töğri kelsa, bu yilgi Ramazon oyi ham 29 kunda yakunlanişi mumkin.

Qirğiziston musulmonlari diniy boşqarmasi 2026 yilgi Ramazon hayiti bayrami 20 mart, juma kuniga töğri kelişini ma’lum qildi. Diniy boşqarma 10 mart kuni e’lon qilingan uşbu qaror – Turkiy davlatlar taşkilotiga a’zo mamlakatlar Fatvo kengaşida qabul qilinganini bildirgan.

Aslida, diniy bayramlarning aniq sanasi oy körinişiga qarab 1 kunga farq qilişi mumkin. Bu holat joriy yil Ramazon oyining boşlanişida ham kuzatildi. Xususan, Saudiya Arabistoni oy kuzatiş qömitasi va unga ergaşgan bir neça mamlakatlar joriy yil 18 fevraldan Ramazon oyini kutib oldi. Boşqa köplab musulmon mamlakatlari, jumladan Markaziy Osiyo davlatlari ham Ramazonni 19 fevraldan boşladi.

Ma’lum bölişiça, bu safar Ramazon hayiti sanasi borasida ham mintaqadagi barça diniy idoralar astronomik hisob-kitoblar asosida 20 mart sanasida töxtalişgan. Bu sana – joriy yil 2-4 fevral kunlari Samarqandda Turkiy davlatlar taşkiloti mamlakatlari Musulmon diniy idoralari rahbarlari kengaşi huzuridagi Fatvo hay’atining maslahat yiğilişida kelişilgan.

Uşbu Fatvo hay’atiga Turkiy davlatlar taşkilotiga a’zo mamlakatlar: Turkiya, Ozarboyjon, Qozoğiston, Qirğiziston, Özbekiston va kuzatuvçi davlatlari Turkmaniston, Vengriya muftiyatlari vakillari kiradi.

Lekin hozirça, Özbekiston Musulmonlar idorasi Ramazon hayitining sanasi borasida aniq ma’lumot bermadi. Agar, diniy idora e’lon qilgan taqvim böyiça Ramazon oyi 30 kun davom etsa, hayit bayrami 21 martga ötişi mumkin. Aksinça, 20 mart Hayit kuni bölsa, 2026 yilgi Ramazon oyi ham 29 kundan iborat böladi.

2025-yilda ham Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan Özbekiston ulamolarning hisob-kitoblariga köra Ramazon oyi 29 kunda yakunlangan edi