Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistondagi 2263 ta mahallada markazlashgan ichimlik suvi yo‘q - «O‘zsuvta'minot»
Respublikada markazlashgan ichimlik suv bilan ta'minlanmagan mahallalar soni 2263 tani tashkil qiladi.
AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda «O‘zsuvta'minot» AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Tohir Haydarov ichimlik suvi bilan ta'minlanish bo‘yicha ma'lumot berdi.
Respublikada markazlashgan ichimlik suv bilan ta'minlanmagan mahallalarni maxsus texnikalar yordamida ichimlik suvi bilan ta'minlash bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda
«Respublikadagi markazlashgan ichimlik suv bilan ta'minlanmagan 2263 ta mahallalar aholisiga jami 1846 ta, shundan, 316 ta “Suv ta'minoti” MChJlarning maxsus -texnikalari, 50 ta yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda 1480 ta fuqarolarning shaxsiy suv tashish texnikalari orqali toza ichimlik suvi yetkazib berilmoqda.
Jumladan, Qashqadaryo viloyatidagi 342 ta mahallalarda yashovchi hamda Qarshi shahar hududidagi 6 ta suv tarqatish shoxobchalari orqali (sotiladigan 1 m3 suv 2800 so‘m (QQS bilan 3220 so‘m) qizil va sariq hududlarda joylashgan mahalla aholisi ichimlik suvi bilan maxsus suv tashish mashinalari yordamida ta'minlanadi.
Shuningdek, har bir mahallaga xizmat ko‘rsatuvchi maxsus suv tashish mashinalari ro‘yxati shakllantirilib, unga ko‘ra, 26 ta “Suv ta'minoti” MChJlarining, 20 ta yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning maxsus texnikalari va 720 nafar fuqaroning shaxsiy suv tashish texnikalari orqali ichimlik suvi yetkazib berilmoqda», deya ma'lumot berdi «O‘zsuvta'minot» AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Tohir Haydarov.
Mavzuga oid
21:29 / 11.11.2025
«Eko Nom» va «Novator» rusumli suv hisoblagichlaridan foydalanish taqiqlandi
09:05 / 29.09.2025
"O‘zsuvta’minot" Bo‘zsuvga oqizilayotgan rangli oqova suvlar bo‘yicha munosabat bildirdi
12:02 / 28.07.2025
Qaysi hududda ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi eng pastligi aytildi
11:49 / 12.07.2025