Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda aholining suvdan qancha qarzi borligi aytildi
Ichimlik va oqova suv xizmatlari bo‘yicha iste’molchilarning debitor qarzdorliklari 794 mlrd so‘mni (aholi 577,5 mlrd so‘m, yuridik iste’molchilar 216,6 mlrd so‘m) tashkil etdi.
Foto: Flickr
"O‘zsuvta’minot" ma’lum qilishicha, 2025 yilning o‘tgan davri mobaynida aholini markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar natijasida aholining ta’minot darajasi 81,5 foizga yetdi.
2025 yilda respublika budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida 1 iyul holatiga 544 km ichimlik, 148 km oqova suv tarmoqlari va 35 ta ichimlik, 7 ta oqova suv inshootlarni qurildi.
Aholi orasida olib borilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari hamda tariflarni qayta ko‘rib chiqilishi natijasida suv hisoblagichlari bilan ta’minlangan iste’molchilar soni 248,9 mingtaga yoki 6 foizga oshirilib, natijada iste’molchilarning suv hisoblagichlari bilan ta’minlanganlik darajasi 82 foizga yetkazildi.
2025 yilning 1-yarim yilligida tizimlarda aniqlangan 4 935 ta nosozlik bartaraf etilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 10 foizga yoki 362 taga kamaytirilishiga erishildi.
Mavzuga oid
12:37 / 19.12.2025
Yakkabog‘ hokimligining o‘zbek “demokratiyasi”ga qarshiligi sindi. Qayrag‘och aholisi suv bilan ta’minlanadi
17:06 / 17.12.2025
«Suv zaxiramiz o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,5 mlrd kub metrga kam» – suv xo‘jaligi vaziri
14:05 / 21.11.2025
Toshkent havosidagi changni kamaytirish: hokimlik yo‘llarga suv sepish bo‘yicha maxsus rejim joriy etdi
13:41 / 21.11.2025