Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avgustgacha 673 mingdan ortiq aholi ilk bor toza ichimlik suvi bilan ta'minlanadi - «O‘zsuvta'minot» AJ
«O‘zsuvta'minot» AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Tohir Haydarov AOKAdagi brifingda ichimlik suv bilan ta'minlanish holati bo‘yicha ma'lumot berdi.
Uning aytishicha, 2021 yilda «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari doirasida jami 3 400 km ichimlik va oqova suv tarmoqlari va 383 ta ichimlik va oqova suv inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.
Bugungi kunda 353 ta obektni loyihalashtirish ishlari amalga oshirilmoqda va bir vaqtning o‘zida qurilish-montaj ishlari boshlangan.
Ushbu dasturlar doirasida qurilish-montaj ishlari joriy yil avgust oyining oxirigacha yakunlanib, obektlarning foydalanishga topshirilishi reja qilingan.
Natijada 963 ming nafar aholining ichimlik suv ta'minoti yaxshilanib, 673 mingdan ortiq aholi ilk bor toza ichimlik suvi bilan ta'minlanadi.
Mavzuga oid
23:06 / 24.04.2026
Saida Mirziyoyeva Toyloqda aholi ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rgandi
12:18 / 19.03.2026
30 martdan boshlab Toshkentda suv ta’minotida uzilishlar bo‘ladi
09:06 / 03.01.2026
Hindistonda ifloslangan ichimlik suvi tufayli 9 kishi vafot etdi
09:56 / 27.11.2025