Qayd etilişiça, uşbu mavzu bugun paydo bölib qolgani yöq. Toşkent şahridan çiqayotgan oqova, ya’ni kanalizatsiya suvlarini tozalovçi 3 ta inşoot mavjud. 

Ular aholidan kelayotgan maişiy, ya’ni oşxona, hammom, hojatxona suvlarini qabul qiliş uçun möljallangan bölib, biologik usulda tozalaş texnika va texnologiyalari bilan jihozlangan. Bunda aynan kimyoviy taşlamalarni birlamçi korxonalar tozalaşi nazarda tutilgan. 

Biroq, tadbirkorlik va işlab çiqariş jarayonlarining rivojlanişi va ulardan kanalizatsiyaga taşlanayotgan turli kimyoviy çiqindilar hamda tekstil korxonalardan çiqayotgan böyoq qoldiqlari, ya’ni rangli suvlar inşootlarning işiga salbiy ta’sir körsatmoqda. Aslida belgilangan me’yorga köra, har bir işlab çiqaruvçi korxonada lokal inşoot bölişi talab etiladi. Uşbu birlamçi inşootlar korxonadan çiqayotgan kimyoviy çiqindilarni tozalaşi lozim. 

Ammo bunday inşootlarning ekspluatatsiyasi qimmatga tuşganligi bois, afsuski, ba’zi işlab çiqaruvçilar korxonadan çiqqan oqova suvlarni kanalizatsiyaga oqizib yuborişni afzal körmoqda.

Tasvirda körsatilgan turli rangli oqova suvlar tekstil korxonalaridan çiqmoqda. Tozalaş inşooti ranglar va kimyoviy taşlamalarni ajratib ololmaydi. 

Respublikadagi barça işlab çiqariş korxonalaridan bu kabi oqova suvlarni kanalizatsiya tarmoqlariga yoki tabiatga yönaltirmaslikni, bu kabi xatti-harakatlari nafaqat işlab çiqariş, jamiyat yoki tabiat me’yorlariga, balki insoniylik prinsiplariga ham töğri kelmasligini eslatib ötamiz, deyiladi rasmiy taşkilot xabarnomasida.